Matbuot sharhlari 11.02.2019

Bugungi gazetalardan sharhlar...

1142575
Matbuot sharhlari 11.02.2019

                               

 

Xabar turk gazetasi: “Yangi Otaturk madaniyat markazining poydevori qurildi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Istanbuldagi Taksim maydonida Otaturk madaniyat markazi barpo etilmoqda. Kecha mazkur madaniyat markazining poydevori qurildi. Shu munosabat bilan bo’lib o’tgan marosimga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham ishtirok etdi. Erdo’g’an marosimda so’zlagan nutqida, “Istanbul Otaturk madaniyat markazi binosini 2 yil ichida qurib bitkazamiz va san’atkorlar hamda san’atsevarlar xizmatiga topshiramiz”,-dedi. Mazkur madaniyat markazi 95 ming 600 kvadrat metrlik maydonga barpo etiladigan bo’lib, 5 ta korpusdan tashkil topadi.

 

Vatan gazetasi: “Turkiya va Rossiyadan ulkan hamkorlik! Istanbul va Antaliya alternativasi kun tartibda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turk-Rus Universitetini tashkil qilishga doir tafsilotlar ma’lum bo’ldi. Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning aprel oyida amalga oshirilishi rejalangan Rossiya ziyorati chog’ida, mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Uchrashuvda Turk-Rus universitetini tashkil qilish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda. Mazkur universitet Istanbul yoki Antaliya shahrida ochiladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Istanbul aeroportlaridan 7 mln 968 ming 882 yo’lovchi foydalandi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, shu yilning yanvar oyida Otaturk, Sabiha Go’kchen va Istanbul aeroportlarida amalga oshirilgan ichki va xorij yo’nalishidagi parvozlar o’tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1068 martaga ko’paydi. Ya’ni, yanvar oyida Istanbuldagi aeroportlardan jami 56 ming 420 marta parvoz amalga oshirildi. Ayni muddatda bu aeroportlardan amalga oshirilgan borish-kelish safarlari bilan 7 mln 968 ming 882 yo’lovchi parvoz qildi.

 

Star gazetasi: “Qurutilgan meva eksporti 1 mlrd 388 mln dollarga yetdi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiyada amalga oshirilgan qurutilgan meva eksporti 2018 yilda 8.5 foizni tashkil qilgan holda, 1 mlrd 279 mln dollardan 1 mlrd 388 mln dollarga oshdi. O’tgan yili Turkiyadan Germaniyaga 178 mln dollarlik meva qoqilari eksport qilindi. Buyuk Britaniyaga 164 mln dollarlik, Italiyaga 102 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi. Shu bilan birga, o’tgan yili Turkiyadan jami 143 davlatga qurutilgan meva mahsulotlari eksport qilindi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Gul sotuvchilarining 2019 yilda ko’zlagan maqsadi: 85 davlatga eksport” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, o’tgan yili 100 mln dollarlik gul eksport qilgan turk gul yetishtirish sektori joriy yilda 85 davlatga 125 mln dollarlik gul eksport qilishni rejalashtirmoqda.

Markaziy Anadoli bezak o’simliklari va mahsulotlari eksportchilari ittifoqi rahbari Ismoil Yilmaz: “Bu sektorda Turkiya uchun eng muhim bozor Gollandiya va Buyuk Britaniya bo’lib hisoblanadi. Ohirgi yillarda O’zbekistonga ham gul eksportida katta ortish kuzatildi”,-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot sharhlari , #gazeta , #xabarlar , #Turkiya

Aloqador xabarlar