Matbuot shahrhlari 19.02.2018

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

913229
Matbuot shahrhlari 19.02.2018

Star gazetasi: Erdog’an, “G’alaba yaqindir” dedi. Turkiya Respublikasi Prezidenti shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi lideri Rajap Tayyip Erdog’an Adolat va taraqqiyot partiyasining Afyonkarahisardagi navbatdagi viloyat kongressida Turq Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin mintaqasida davom etgan “Zaytun novdasi” amaliyotidagi qarorliligini yana bir bor ta’kidladi. Erdog’an, “Jarablusda, Raida, Bobda bo’lganidek Afrinda, Idlibda va Manbijda ham natijani qo’lga kiritamiz. Kun o’tgan sayin g’alabaga yaqinlashmoqdamiz” dedi.

Vatan gazetasi: Binali Yildirim, “Bitta terrorist ham qolmaydi” dedi. Bosh vazir Binali Yildirim Anqarada bergan bayonotida terrorizmga qarshi kurashning uzluksiz davom etganligini belgilab o’tdi. Yildirim, “Bugungi kunda aslonlarimiz, qahramonlarimiz, Mehmedlarimiz Afrinda doston bitmoqda. Ham Turkiyada, ham da chet elda terroristlarni butunlay yo’q qilgunga qadar bu amaliyot davom etadi. Kim nima desa desin, bitta terrorist ham qolamydi” dedi.  

Sabah gazetasi: Chavusho’g’li, “AQSh bu gal bergan va’dasini bajarishi kerak” dedi. Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Myunxenda bo’lib o’tgan navbatdagi xavfsizlik konferentsiyasida nutq so’zladi. Ushbu nutqida Suriyada turli voqea ortida, dunyoning bir necha davlati borligiga e’tibor qaratib, shuning uchun ham Suriya bo’yicha muzokaralarni davom ettirishlari kerakligini qayd etdi. Chavusho’g’li o’z nutqining yakunida, “Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillersonning Turkiyaga bo’lgan tashrifi chog’ida ba’zi masalalarda kelishib oldik. Umid qilamanki AQSh bu kelishuvlarga amal qilib, began va’dalarini bajaradi” deya gapirdi.  

Haber Turk gazetasi: Shimshek, “G’azna birinchi ikki oy ichida bozordagi vaziyatni yo’lga qoydi” dedi. Iqtisodiyotchi va Bosh vazir o’rinbosari Mehmet Shimshek hukumat tomonidan olingan chora va tadbirlarning ham yordamida g’aznaning birinchi ikki oy ichida bozordagi vaziyatni yo’lga qoyganligini belgilab o’tgan holda, “Chet ellik investorlar birinchi 5 hafta ichida 1.5 milliard dollarlik obligatsiya xarid qilib oldi” dedi.  

Hurriyet gazetasi: “Karsdagi qish turizmining oltin davri”. Turkiyaning Kars viloyati, Sarikamish tumanidagi Jibiltepa chang’i markazi poytaxt Anqara bilan Kars o’rtasida safar qilgan va oxirgi kunlarda mahalliy va chet ellik sayyohlarninng e’tiborini yana-da o’ziga jalb etgan Sharq Ekspresi orqali bu yil har yilgiga qaraganda yana da gav-jum tus oldi. Sarikamish Turizm jamiyati raisi Mir Hasan Tash, Sharq Ekspresi safarining mintaqadagi turizm markazlarining tanitilishiga katta ijobiy hissa qo’shganligini, Karsdagi qish turizmning bu yil oltin davrini yashayotganligini qayd etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar