Matbuot Sharhlari 19.12.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar sharhi.

633220
Matbuot Sharhlari 19.12.2016

Hurriyet gazetasi: Prezident Erdog’an: “Xalqim birlik uchun chopadi” dedi.  Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Turkiyaning Trabzon viloyatidagi “Shenol Gunesh” deb nomlangan sport kompleksining ochilish marosimida nutq so’zlar ekan Janob Erdog’an o’z so’zida, “Kayserida sodir etilgan xudkushlik hujumi bugungi xursandchiligimizga soya tushirdi. 1.5 yildan beri avj olgan terror hujumlari tufayli hursandchiligimizni bemalol yashay olmayapmiz. Siz xohlaganingizni qiling lekin bu xalqni bo’lolmaysiz. Siz hujum qilgan sayin mening xalqim birlik uchun chopadi, yana-da kuchli bo’lamiz” dedi.

Haber Turk gazetasi: “Vaqt, birlik va birdamlik vaqti”. Turkiyaning Kayseri viloyatida 2016-yilning 17-dekabri kuni sodir etilgan xudkushlik hujumi oqibatida shahid bo’lgan 14 nafar askar kecha oxirgi manzilga kuzatildi. Shahidlarning biri Turkiyaning Kirshehir viloyatida, biri Turkiyaning Denizli viloyatida, biri esa Turkiyaning Zonguldak viloyatida, yana biri esa Turkiyaning Afyonkarahisar viloyatida tuproqqa berilar ekan shahid Yunus Emre Duran esa poytaxt Anqarada, Akseki nomidagi jome’ masjidida o’qilgan janoza namozi ortidan dafn etildi. Shahid Yunus Emre Duranning dafn marosimida Bosh vazir Binali Yildirim, muxolifat partiya liderlaridan Respublika Xalq partiyasi raisi Kemal Kilichdaro’g’li, Milliyatchi Harakat partiyasi lideri Devlet Bahcehli ham ishtirok etdi. Dafn marosimida terroristlarga qarshi birlik va birdamlik manzarasi bor edi. Harbiy xizmatini tamomlashiga atigi bir oy qolganida dahshatli terakt oqibatida farzandidan judo bo’lgan shahid otasi Mahmut Duran Bosh vazir Binali Yildirim bilan Kemal Kilichdaro’g’lining qo’lini bir soniya ham qo’yib yubormadi va  terroristlarga qarshi “Vaqt, birlik va birdamlik vaqtidir” dedi.    

Sabah gazetasi: “Janubi-sharq xalqi PKK terror tashkilotiga qarshi norozichilik namoyishi uyushtirdi”. Kecha 2016-yilning 18-dekabri kuni Turkiyaning to’rt burchagida PKK terror tashkiloti keskin qoralandi. Terroristlarni qoralash namoyishlari Turkiyaning Antaliya viloyatidan Yalovaga qadar, Sakariyadan Karabuk viloyatiga qadar davom etar ekan eng mazmunli namoyishni Turkiyaning janubi-sharq xalqi uyushtirdi. Mintaqa xalqi sovuq havo sharoitiga qaramay namoyish uchun yig’ilar ekan yig’ilganlar soni 3 ming nafarga yetdi. Qo’llaridagi Turk bayrog’i bilan norozichilik namoyishi uyushtirgan xalq, “Shahidlar o’lmaydi, vatan esa bo’linmaydi” degan shiorlarini “Yo’qolsin PKK” deya davom etdi. Kurd tilidi ilohiy qo’shiqlar kuylab, PKK terror tashkilotini keskin qoraladi. Turkiyaning Diyarbakir viloyatida Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarligida uyushtirilgan “Shahidlarga hurmat, terrorga lanat” deb nomlangan namoyish 100 metrlik Turk bayrog’i ostida o’tkazildi. Namoyishda ishtirok etgan diyarbakirliklar qo’lidagi uzun bayroq bilan PKK terror tashkilotini qoraladi. Huddi shunday namoyish Turkiyaning Mardin viloyatining Midyat tumani, Shirnak viloyatining Jizre tumani va Hakkari viloyatining Chukurja tumanida ham bo’lib o’tdi.

Vatan gazetasi: “Piyalepasha Istanbul loyihasi, dunyoning eng yaxshi loyihasi deb tanlandi”. Turkiyaning eng yirik shahar qiyofasini o’zgartirish loyihasi hisoblangan Piyalepasha Istanbul, dunyoning eng yaxshisi mukofatiga sazovor deb topildi. Ushbu loyiha avval ham Yevropaning eng yaxshisi deb topilgan edi.

Yeni Shafak gazetasi: “AQShning qarzi, milliy daromadidan ham ko’p”. Amerika Qo’shma Shtatlarining yillik 18.5 trillion dollarlik milliy daromadi bo’lishiga qaramay xususiy tarmoqdan tashqari 19.9 trillion dollar qarzi bor. Yaponiyaning qo’lida 1 trillion 132 milliard dollarlik, Xitoyning qo’lida esa 1 trillion 116 milliard dollarlik AQSh xazina vekseli bilan obligatsiyalar bor. Turkiya zaxiralarida 58.3 milliard dollarlik AQSh xazina vekseli bilan obligatsiyalari bor. Turkiya AQShning qarzdor davlat ro’yhatining 23-qatorida o’rin olmoqda.



Aloqador xabarlar