Matbuot Sharhlari 04.11.2016

Bugungi turk matbuotidan olingan muhim yangiliklar to'plami.

604150
Matbuot Sharhlari 04.11.2016

Hurriyet gazetasi: “Germaniya terror bilan o’ynashyapdi”. Prezident Rajap Tayyip Erdog’an kecha Prezidentlik qarorgohida “Yashagan inson xazinalari” marosimida nutq so’zladi va o’z nutqida Germaniyaga qochgan Fetullahchi terror tashkiloti a’zolarining Turkiyaga qaytarilmasligini ma’lum qilgan Germaniya Adliya vaziri Heiko Maas’a e’tiroz bildirib, “Germaniyaning bu yo’ndashuvidan xijolat bo’ldik. Germaniya terror bilan o’ynashyapdi. Terror tashkilotlari chayonga o’xshaydi. Oxir oqibat, aylanib-orgilib nonko’rlik qiladi” dedi.

Star gazetasi: “FETO terror tashkiloti tub-tubidan yo’q qilingunga qadar Favqulodda vaziyat davom etadi”. Yevropa ittifoqi vaziri O’mer Chelik, Afinada Gretsiya Bosh vaziri Alexis Tsipras bilan uchrashganidan keyin bayonot berar ekan u o’z bayonotida, Fetullahchi terror tashkilotining tub-tubidan yo’q qilinganligiga ishonch komil qilgunga qadar Favqulodda vaziyatning davom etajagini aytdi. To’ntarish tashabbusi ortidan 4 oy o’tishiga qaramay haligacha Yevropa komissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning Turkiyani ziyorat qilmaganligini eslatgan Cehlik, turk xalqining Yevropa ittifoqiga e’tibor berishining eng muhim sababining vasiylik tizimiga va to’ntarishlarga qarshi xavfsiz sifatida qabul qilganligining lekin oxirgi vaqtlarda Yevropa ittifoqi tomonidan berilgan bayonotlarning qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ri ekanligini aytdi. O’mer Chelik, “generallarning uchdan birining to’ntarishchi ekanligi aniqlandi, shunday ekan vaqt o’tishi iblan hammasi joyida bo’ladi deb o’tirolmaymiz” dedi.      

Vatan gazetasi: “Anqarada, Haydovchisiz havo vositasi tashkil topadi”. Turk qurolli kuchlari qoshida haydovchisiz havo vositasi uchun yangi buyruqni nazorat qilish markazi tashkil topmoqda. Ushbu markaz orqali barcha Haydovchisiz havo vositalari Anqaradan boshqariladi. Havodagi barcha Haydovchisiz havo vositalari tasvirga olgan lavhalar Anqarada quriladigan markazdan kuzatib boriladi. Turk qurolli kuchlari, Haydovchisiz havo vositalarining faqatgina bitta markazdan boshqarilishi uchun bitta qo’mondonlik ham barpo etadi. AQSh armiyasi ham shunga o’xshash markazni Nevada va New Mexicoda boshqarmoqda.    

Yeni Shafak gazetasi: “Turk usuli”. Turkiya-Afrika biznes forumida chop etilgan qo’shma deklaratsiyaga ko’ra, keyingi Turkiya-Afrika biznes forumining 2018-yili Afrikada o’tkazilishi to’g’risida qaror qabul qilindi. Forumda, Afrikada mahalliy xalqni ish bilan ta’minlash, texnologiya transfer qilish uchun turk firmalarining Afrikada maxsus iqtisodiy mintaqalar/ logistika markazi qurishi mavzusida kelishib olindi.

Haber Turk gazetasi: “Bo’g’ozichi Film festivali to’ntarish tashabbusini qo’lga oladi”. Xalqaro to’rtinchi Bo’g’ozichi Film festivali 10-18-noyabr kunlari bo’lib o’tmoqchi. Festival uyushtiruvchilari, “Festivalda 15-iyuldagi voqea haqida seminar ham bo’lib o’tadi. Biz bu faoliyatimiz bilan 15-iyul voqealariga jimgina qarab turmay, o’z e’tirozimizni bildirmoqchi bo’ldik” dedi.   

 



Aloqador xabarlar