Samarqandda yangi turk seriali suratga olinmoqda

Turkiya kinoijodkorlari tomonidan “Men bu dunyoga sig‘masman” seriali ustida ish boshlandi.

1858728
Samarqandda yangi turk seriali suratga olinmoqda

 

Turkiya kinoijodkorlari tomonidan “Men bu dunyoga sig‘masman” seriali ustida ish boshlandi. Serial syujetiga ko‘ra, bosh qahramonlarning hayotidagi muhim voqealarning bir qismi O‘zbekistonda yuz beradi.

Film rejissyori – Onur Tan. Serialda bosh rollarni mashhur turk aktyorlari Oktay Kaynarja va Pelin Akil ijro etmoqda. Serial butun hayotini xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlagan maxsus xizmat agentining og‘ir taqdiri haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon umidsiz vaziyatga tushgach, o‘limini soxtalashtirib, O‘zbekistonga ko‘chib o‘tadi va u erda yangi do‘stlar orttiradi.

Serial ijodkorlari Samarqandning eng go‘zal tarixiy maskanlarini ko‘p millionli tomoshabinga namoyish etishni rejalashtirgan.

– Samarqand – ko‘plab me’moriy obidalar va go‘zalliklarga boy shahar, – deydi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov.–  Suratga olish ishlarining birinchi kuni Registon maydoni va Ulug‘bek madrasasida bo‘lib o‘tadi. Agar serial dunyoning yuzdan ortiq davlatida namoyish etilsa, bu O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga ta’sir etish bilan birga, jahon kinoijodkorlarida ham  ko-produksiyalar yaratishga katta qiziqish uyg‘otadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Samarqand

Aloqador xabarlar