Turkiy mamlakatlarda Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda

Butun dunyoni qamrab olgan Kovid-19 epidemiyasi tufayli 2020 va 2021 yillarda keng ko'lamli tadbirlarsiz nishonlangan Navro'z, bu yil epidemiyaning engillashishi bilan avvalgidek shijoat bilan nishonlanmoqda.

1799227
Turkiy mamlakatlarda Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda

 

Turkiy mamlakatlarda yangi yilning boshlanishi va bahordan darak beruvchi Navro’z kunimizda dunyoning ko’plab mamlakatlarida katta tantana bilan nishonlanmoqda.

Ayni vaqtda, tabiat uyg’onishining ramzi bo'lgan Navro'z O'rta Osiyodan Anadolugacha bo'lgan ko'plab mintaqalarda ijtimoiy birlik, hamjihatlik va hamkorlikni ta'minlash maqsadida qutlanib kelinmoqda.

Qadimgi Xitoy manbalarida meloddan avvalgi 3-asrda Xunlar bahor oylarida katta bayram shodiyonalarini o’tkazgani sababli Navro’zning o’tmishi o’sha yillarda borib taqalgan desak mubolag’a bo’lmaydi.

Navro’z so’zi fors tilidan olingan bo’lib, “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Navro’z bayrami musulmon olamida yangi yilning boshlanish kuni hisoblanib, har yili 21-mart kuni katta shodiyona sifatida nishonlanadi. Ushbu kunning eng xosiyatli tomoni shundaki, bu kunda kecha bilan kunduz tenglashadi. Bu kunga kelib nafaqat butun borliq uyg’onadi balki, insonlar ham o’zaro ruhan birlashib, bir-biriga mehr-muruvvat ulashadi.

Butun dunyoni qamrab olgan Kovid-19 epidemiyasi tufayli 2020 va 2021 yillarda keng ko'lamli tadbirlarsiz nishonlangan Navro'z, bu yil epidemiyaning engillashishi bilan avvalgidek shijoat bilan nishonlanmoqda.

Olovlar yoqilmoqda, eski yil tugab, yangi yil boshlanishidan darak bergan Navro‘zni gunohlaridan forig‘ bo‘lgan holda kutib olish uchun olov ustidan sakrash an’anasi davom ettirilmoqda.

Har yili odatdagidek, Navro’z dasturxoni yoziladi. Barcha jam bo’lgan dasturxonda 7 xil taom qo’yiladi. Bu shaklda bir yil davomida mo’l-ko’lchilik, qut-baraka hukm surishiga ishoniladi va tilaklar bildiriladi.

Yangi yildan darak bergan Navro’zda yangi liboslar kiyiladi, insonlar uylarini tozalaydi, buzilgan joylar qayta ta’mirlanadi.

Shuningdek, turli musobaqa va tanlovlar uyushtiriladi, kuy-qo’shiqlar, raqslar ijro etiladi, she’rlar o’qiladi.

Butun turkiy mamlakatlarda Navro’z umumxalq bayrami tantanali ravishda nishonlanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Navro'z

Aloqador xabarlar