Italiyalik taniqli opera xonandasi O‘zbekiston madhiyasini ijro etdi

Italiyalik opera xonandasi Sara Pastore O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O'zbekiston xalqi va rahbariyatiga qutlov sifatida O‘zbekiston davlat madhiyasini ijro etdi.

1700375

Taniqli opera ijrochisi va aktrisa Sara Pastore ijrosidagi qo‘shiqlar “RAI” davlat teleradiokompaniyasi telekanallarida muntazam namoyish etiladi. Shuningdek, u qator milliy va xalqaro musiqa festivallarining laureati ham hisoblanadi.

Sara Pastore Rimdagi dunyoga mashhur Santa-Chechiliya  konservatoriyasini tamomlagan. U Italiya poytaxti Opera uyining mukofoti bilan taqdirlangan sanʼatkordir. Sara Pastore  aktrisa sifatida Mel Styuart va Pupi Avati kabi mashhur rejissyorlar tomonidan suratga olingan badiiy va telefilmlarda ko'plab rollar ijro etgan.

U, shuningdek, filmlar va lirik qo‘shiqlar uchun musiqa ham bastalaydi, ushbu ijod mahsullari uchun "Sanremo Music Video Awards" tanlovida sovrindorlar qatoridan o‘rin olgan.

Sara Pastore Rimda O'zbekiston mustaqilligi kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan rasmiy qabul marosimi chog‘ida O‘zbekiston madhiyasini jonli ijro etadi. 

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Sara Pastore

Aloqador xabarlar