O'zbekiston delegasiyasi Turkiyada Prezident simfonik konsert saroyiga tashrif buyurdi

O’zbekiston delegatsiyasi Anqara shahrida yangidan barpo etilgan Prezident simfonik konsert saroyining asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  Bu haqda Turkiya Madaniyat vazirligi  matbuot xizmati xabar berdi.

1686741
O'zbekiston delegasiyasi Turkiyada Prezident simfonik konsert saroyiga tashrif buyurdi

 

O’zbekiston delegatsiyasi Anqara shahrida yangidan barpo etilgan Prezident simfonik konsert saroyining asosiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.  

Bu haqda Turkiya Madaniyat vazirligi  matbuot xizmati xabar berdi.

Delegasiya a`zolari eng so`nggi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan mazkur saroy hududida joylashgan savdo do`konlari, ovqatlanish va hordiq chiqarish maskanlarida tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko`zdan kechirdi.  

Shuningdek, Simfonik saroyda joylashgan konsert zallarida yuqori mahorat bilan joylashtirilgan okustika jihozlari, chiroq ustalarining ish tajribasi, muzeyda saqlanayotgan eksponatlar  katta qiziqish bilan kuzatildi.

Bundan tashqari, mazkur saroy tasarrufidagi 6ta badiiy-ijodiy jamoalar, xususan, prezident simfonik orkestri, Turk xalq raqs jamoasi, Turk xalq cholg`ulari orkestrlarining faoliyati o`rganilib, muhim ma`lumotlar qayd etildi.

Shundan so`ng,  o`zbek delegasiyasi hamda Simfonik saroy rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi.  

Muzokara davomida har ikki davlatning madaniy sohasi rivojiga xizmat qiladigan bir qator loyihalar muhokama etilib, muhim ikkita loyihani amalga oshirish borasida kelishib olindi.

Ma'lumot uchun, Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (CSO) simfonik orkestrining yangi binosi arxitektor Semra va O‘zjan Uygur juftligi loyihasida ishlab chiqilgan.

Yopiq maydoni 62 547 kvadrat metrga ega bo‘lgan yangi binoda Prezident simfonik orkestri, shuningdek Anqara davlat polifonik musiqalari xori, Anqara Turk Jahon musiqa ansambli, Anqara davlat turk xalq musiqalari xori, Anqara davlat mumtoz turk musiqalari xori va Davlat xalq raqs ansambli joylashgan.

Yangi binoda 2023 kishiga mo‘ljallangan katta konsert zali, 500 kishiga mo‘ljallangan kichik konsert zali, 10 ming kishiga mo‘ljallangan ochiq konsert maydoni va Prezidenti Administratsiyasi simfonik orkestri muzeyi ham mavjud.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar