Malazgirt g’alabasiga 949 yil to'ldi!

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan Malazgirt g’alabasining 949 yilligiga bag’ishlangan video klib tayyorlandi.

1478882
Malazgirt g’alabasiga 949 yil to'ldi!

 

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan Malazgirt g’alabasining 949 yilligiga bag’ishlangan video klib tayyorlandi. Ushbu klibda “Qizil olma” gimni namoyish etildi.

“Biz uchun “Qizil olma” gimni buyuk va kuchli Turkiya demakdir. “Malazgirt”, “15 iyul” dostonlari qahramoni bo’lgan xalqimizning muqaddas harakatidir ayni vaqtda. “Qizil olma” ko’lankasida necha mazlumlar salqinlagan ulug’ chinordir. Jebelitarikdan Xijozgacha, Bolqonlardan Osiyogacha butun insoniyat intizorlik bilan kutganidir”,-deb yozadi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun twitterda.

“Qizil olma” gimnining klibi 1071 yilda qo’lga kiritilgan Malazgirt g’alabasidan Usmoniy davlatining tashkil topishigacha, Istanbul zabt etilishidan Chanoqqal’a va Ozodlik urushigacha, 15 iyul dostonidan shu kungacha ayni ruhni aks ettiruvchi mavzular asosida tasvirga olingan.

Klibda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning “Fotix” surasi birinchi oyatini mutoala qilgani ham o’rin olgan.



Aloqador xabarlar