Turk oshxonasi 34-qism

Bugun sizlar bilan sutdan hosil bo’ladigan qatiqning turk oshxonasida tutgan o’rni va qatiqdan tayyorlanadigan sho’rva retsepti haqida suhbatlashamiz.

1258339
Turk oshxonasi 34-qism

 

                                  

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan sutdan hosil bo’ladigan qatiqning turk oshxonasida tutgan o’rni va qatiqdan tayyorlanadigan sho’rva retsepti haqida suhbatlashamiz.

Qatiq turklar vositasida dunyoga tarqalganligini bilarmidingiz? 19 asrdan e’tiboran dunyoda keng tarqala boshlagan bu mahsulot turk oshxonasida asrlar mobaynida keng iste’mol qilinib kelinmoqda. Shu bilan birga, turk oshxonasida qatiqdan tayyorlanadigan juda ko’plab taom turlari mavjud. Ulardan biri ayron oshi sho’rvasidir. Bu sho’rva ba’zi hududlarda “sovuq sho’rva” deb ham ataladi. Bu taom asosan yoz oylarida iste’mol qilinadi.

Keling endi sovuq sho’rva retsepti va bu taom uchun kerak bo’lgan masalliqlarga bir quloq solaylik.

 

½ stakan no’xat

1 stakan bug’doy

3 stakan qatiq

5 stakan suv

1 choy qoshiq quritilgan rayxon

Tuz va murch kerak bo’ladi.

 

Endi navbat sovuq sho’rvani pishirishga. Avvalo bug’doy va no’xat bir kun oldindan suvga uyutib qo’yiladi. Agar xohlasangiz tayyor konserva no’xatlardan ham foydalansangiz bo’ladi. Ertasi kuni suvga uyutilgan bug’doy va no’xat yaxshilab yuviladi va yumshagunicha maxsus qozonda pishiriladi. Agar tayyor konserva no’xatlardan foydalanadigan bo’lsangiz, bug’doy pishay deb qolganda no’xatlarni ilova qilasiz.

No’xat va bug’doy pishgach, olov o’chiriladi va sovushi kutiladi. So’ngra, kichkina laganchaga qatiq, tuz va murch solinib yaxshilab aralashtiriladi. Sovugan bug’doy va no’xat ustiga qatiqdan tayyorlangan masalliq ilova qilinadi. Yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, muzlatgichga qo’yiladi.

Mana yozda iste’mol qilinadigan sovuq sho’rvamiz ham tayyor bo’ldi. Xa aytgancha, bu sho’rvani quritilgan rayxon, ukrop va boshqa ziravorlar bilan iste’mol qilsangiz maqsadga muvofiq bo’ladi.  Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

Mana Turk oshxonasi dasturining bugungi soni ham o’z nihoyasiga yetdi. Kelgusi hafta dasturimiz orqali yana yangi lazzatli turk taomlari bilan uchrashguncha hayr salomat bo’ling!



Aloqador xabarlar