Bugun Turkiya Respublikasi 95 yoshga to’ldi!

Bundan 95 yil muqaddam 1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasiga asos solgan milliy kurash qahramoni, ulug' dohiy Mustafo Kamol Otaturkni hurmat bilan yodga olamiz.

1077490
Bugun Turkiya Respublikasi 95 yoshga to’ldi!

Bugun Turkiya Respublikasi 95 yoshini keng nishonlamoqda.

Bundan 95 yil muqaddam 1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi tashkil topgani butun dunyoga e’lon qilindi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, Usmoniy Imperatorligining 1-Jahon urushida mag’lub bo’lishi va mamlakatning g’olib davlatlar tomonidan talon-taroj qilinishi xalqni qayg’uga sola boshladi.

Bunga chek qo’yishni maqsad qilgan Mustafo Kamol Otaturk milliy kuchlarni tuzib, ozodlik urushini boshladi.

“Aholisi turklardan tashkil topgan hududlar turk chegaralari tarkibida o’rin olishi kerak” degan fikr olg’a surilgan holda dushmanga qarshi jang qildilar.

Ushbu kurash natijasida 1922 yilning 30 avgust kuni Bosh qo’mondonlik maydon jangida g’alaba qozonilib, ishg’olchi kuchlar Turkiya hududlaridan quvib chiqarildi.

Tinchlik muzokaralari natijasida ishg’ol ostidagi Istanbulning qutqarilishi, ortidan tuzilgan Lozanna bitimi bilan Usmoniy Imperatorligi tarix sahifasidan o’chirilar ekan, o'rniga yangi Turkiya Respublikasi barpo etildi.

1923 yilning 29 oktyabr kunigacha davom etgan muzokaralardan so’ng, Respublika rasman e’lon qilindi va Ankara shahri poytaxt sifatida tanlandi.

Ushbu qutlug’ kunda milliy kurash qahramoni, ulug' dohiy Mustafo Kamol Otaturkni hurmat bilan yodga olamiz.

 

 



Aloqador xabarlar