Turkiya Moskvadagi turizm yarmarkasida ishtirok etadi

Shu munosabat bilan Turkiya madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush Rossiyaning poytaxti Moskvaga jo’nab ketadi.

927183
Turkiya Moskvadagi turizm yarmarkasida ishtirok etadi

 

Turkiya Moskvadagi turizm yarmarkasida ishtirok etadi.

13 mart kuni boshlanadigan yarmarkaning eng muhim ishtirokchilaridan biri Turkiya bo’ladi.

Chunki, 254 kvadrat metrlik maydonda Turkiya standi o’rin oladi.

Shu munosabat bilan Turkiya madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush Rossiyaning poytaxti Moskvaga jo’nab ketadi.

Turkiya madaniyat va turizm vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiya standining tantanali ochilish marosimi Numan Kurtulmushning tashrifi bilan amalga oshiriladi.

Kurtulmush yarmarka doirasida soha mutahassislari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralarni amalga oshiradi.

O’tgan yili Rossiyada faoliyat ko’rsatgan turizm sohasi mutahassislarining ta’kidlashicha, madaniyat va informatsiya bilan bog’liq tadbirlar, kasbiy faoliyat imkoniyatlari va loyiha jihatidan “Eng yaxshi reklama qiluvchi davlat” mukofotiga loyiq deb topilgan Turkiya standi bu yil ham juda katta tayyorgarlik bilan tashkil qilindi.

Turkiya standi Anadoluning boy madaniy tajribasi eks etgan yetti oroldan iborat.

Tadbir doirasida Turk Havo Yo’llari bilan birga jami 29 ta muassasa va 12 ta xususiy kampaniya turli reklama faoliyatlarini amalga oshiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #turizm yarmarkasi , #Moskva , #turizm

Aloqador xabarlar