Istanbulni  9 million 120 ming 248  xorijiy sayyoh ziyorat etdi.

Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan, Otaturk Sabiha Go’kchen aeroportlari bilan Haydarpasha, Pendik, Tuzla, Zeytinburnu, Ambarli va Karako’y portlaridan olingan ma’lumotga qaraganda, Istanbul 2017- yili yanvar- oktabr davri hisoboti tayyorlandi.

848198

Hisobotga ko’ra, Istanbulga, yilning 10 oyida 9 million 120 ming 248 nafar  xorijiy sayyoh tashrif buyurdi.

O’tgan yilning  shu davrida  7 million  866 ming 433 bo’lgan ziyoratchi  bilan muqoyasa qilinganda Istanbulga kelgan sayyoh soni 16 foiz bo’lib amalga oshdi.

Istanbulni faqatgina oktabr oyida 1 million 122 ming 266 xorijiy sayyoh ziyorat etar ekan, bu oyda o’tgan yilning ayni ana shu  davriga ko’ra 42 foizlik ortish kuzatildi.

Istanbulga 2016- yili oktabr oyida 790 ming 951 xorijiy sayyoh kelgan edi.

Joriy yilning 10 oyida kelgan xorijiy mehmonlarning millatlarga ko’ra qaraganda, Istanbulni 862 ming 453 kishi bilan eng ko’p ziyorat etganlar  Nemisliklar.

Istanbulni eng ko’p ziyorat etgan boshqa sayyohlar esa navbati bilan, 737 ming 739 kishi bilan Eronliklar, 505 ming 487 kishi bilan Saudiya Arabistonliklar, 454  ming 872 kishi bilan Iroqliklar va 407 ming 771 kishi bilan  Ruslar tashkil etmoqda.

Ro’yxatning 6- o’rinida esa 325 ming 122 kishi bilan Inglizlar, 7- o’rinda 317 ming 416 kishi bilan Fransuzlar va 8- o’rinda esa 248 ming 274 kishi bilan Amerikaliklar o’rin oldi.

Boshqa tomondan, holi hozir 173 ming 3 kishi bilan ro’yxatning 15- o’rnida bo’lgan Xitoylik sayyoh sonida o’tgan yilgi 127 ming 906 bo’lgan sayyoh raqami bilan muqoyasa qilgan, 35,3 foiz oshgani ko’riladi.

Hisobotda, oxirgi uch yillik davrda Arab o’lkalaridan Istanbulga kelgan xorijiy ziyoratchilar statistikalariga  o’rin berildi.

Arab o’lkalaridan 2015 yanvar- oktabr davrlarida, 2 million 179 ming 731, 2016da 1 million 678 ming 909 ziyoratchi kelar ekan, 2017da ushbu raqam 2 million 270 ming 731 kishiga bordi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Istanbul , #Sayyoh , #Ziyorat , #9 million

Aloqador xabarlar