29 oktyabr Respublika bayrami muborak bo'lsin!

Respublikaning 94 yilligi munosabati bilan ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk va milliy kurash qahramonlarini hurmat bilan yodga olamiz.

836327
29 oktyabr Respublika bayrami muborak bo'lsin!

Bugun Turkiyada 29 oktyabr Respublika bayrami nishonlanmoqda.

1923 yilning 29 oktyabr kuni Turkiya Respublikasi tashkil topdi. Usmoniy imperatorligi 1-Jahon urushida mag’lub bo’lgach, davlat tuproqlari g’olib kuchlar tomonidan tor-mor qilina boshladi. Mustafo Kamol Otaturk boshchiligida to’plangan Milliy kuchlar ozodlik urushiga kirishdi. 1922 yilning 30 avgust kuni bosh qo’mondonlik maydon janggida g’alaba qozongan Otaturk boshchiligidagi milliy kuchlar ishg’olchi kuchlarni Turkiya tuproqlaridan quvib chiqara boshladi.

Tinchlik muzokaralari natijasida ishg’ol ostida bo’lgan Istanbul qutqarildi. Ortidan Lozan tinchlik shartnomasi asosida Usmoniy imperatorligiga yakun yasaldi va zamonaviy Turkiya Respublikasi tashkil topdi.

1923 yilning 29 oktyabr kunigacha davom etgan muzokaralardan so’ng, Respublika e’lon qilindi. Ankara shahri poytaxt etib e’lon qilindi.

Respublikaning 94 yilligi munosabati bilan ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturk va milliy kurash qahramonlarini hurmat bilan yodga olamiz. Respublika Bayrami muborak bo’lsin!

 


Tanlangan kalimalar: #Otaturk , #Respublika bayrami , #Turkiya

Aloqador xabarlar