Usmoniy liboslari Italiyaning poytaxti Rimda namoyish qilinmoqda

Italiyadagi Rim-Turk madaniyat markazida “Liboslarning tili” nomli ko’rgazma ochildi.

726393
Usmoniy liboslari Italiyaning poytaxti Rimda namoyish qilinmoqda
Kaftanların Dili, sergisi.jpg

Usmoniy liboslari Italiyaning poytaxti Rimda namoyish qilinmoqda.

Yunus Emre institutiga qarashli Rim-Turk madaniyat markazida “Liboslarning tili” nomli ko’rgazma ochildi.

Ko’rgazmada matolarning Usmoniy davridagi asl nusxasi bilan bir xil ko’rinishda to’qilgan namunalari, shuningdek turli tarixiy davrlarga xos naqsh va bezaklar, turk ayollari tomonidan to’qilgan matolardan tikilgan kamzul va choponlar o’rin olgan.

Ko’rgazma doirasida Usmoniy liboslarining tarixiga bag’ishlangan konferensiya o’tkazildi.

Konferensiyaga Turkiyaning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Murat Salim Esenli, Turkiyaning Vatikandagi elchisi Mehmet Pachaji, turk deputatlar va ko’plab italyan mehmonlar ishtirok etdi.

Konferensiyadagi ma’ruzalarda bir imperatorning dunyo madaniyatiga meros qilib qoldirgan liboslari oddiy kiyim bo’libgina qolmasdan, ranglari va bezaklari bilan go’yoki ifoda tarzi ekani tilga olindi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar