Turkiya va Jazoyir Usmoniy davlatiga oid arhivlardan foydalanish uchun hamkorlik qilmoqchi...

Usmoniy davriga oid arhiv hujjatlaridan foydalanish va bu davr haqida tadqiqot olib borgan mutahassislarga imkon yaratish uchun mushtarak komissiya tuziladi.

675967
Turkiya va Jazoyir Usmoniy davlatiga oid arhivlardan foydalanish uchun hamkorlik qilmoqchi...

Turkiya bilan Jazoyir Usmoniy davlatiga oid arhivlardan foydalanish uchun hamkorlikda guruh tuzmoqchi.

Bu haqda Jazoyir rasmiy xabar agentligi APS ma’lum qiladi.

Ma’lumotga ko’ra, Jazoyir Milliy arhiv boshqarmasi direktori Abdulmajid Shayhi Jazoyir va Turkiyadan qator akademik va tadqiqotchilar to’planib, Usmoniy davriga oid arhiv hujjatlaridan foydalanish va bu davr haqida tadqiqot olib borgan mutahassislarga imkon yaratish uchun mushtarak guruh tuzilishini ma’lum qildi.

Bu guruh haqiqiy tarixni yuzaga chiqarish va yoritish maqsadida ish olib boradi.

Jazoyir Milliy arhiv boshqarmasi direktori Abdulmajid Shayhining aytishicha, Fransiya tomonidan 1961-1962 yillardagi mustamlaka davrida o’g’irlab ketilgan Jazoyirga tegishli arhiv hujjatlarining ko’pchiligi hozirda qayerda ekani noma’lum, yoki Fransiyadagi omborlarda chang bosib yotmoqda.

Fransiya bilan Jazoyir 2009 yili arhiv hujjatlarini Jazoyirga topshirish maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolagan edi, lekin bu shartnoma faqatgina hujjatlarning nushalarini topshirish bilangina cheklandi xalos.

Jazoyirda 1519 yili boshlangan Usmoniy hokimiyati Fransiyaning 1830 yilda bu davlatni ishg’ol qilgunicha davom etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Jazoyir , #Usmoniy , #arhiv , #tadqiqot , #Fransiya , #shartnoma

Aloqador xabarlar