Qozog’istonda, “Turk filmlari haftasi” uyushtirilmoqda

Faoliyat Madaniyat va turizm vazirligi Kino Bosh direktorligining asosiy homiyligida, Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA) bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) tomonidan uyushtirilmoqda.

496876
Qozog’istonda, “Turk filmlari haftasi” uyushtirilmoqda

Qozog’istonning Almata shahrida “Turk filmlari haftasi” uyushtirilmoqda.

Faoliyat Madaniyat va turizm vazirligi Kino Bosh direktorligining asosiy homiyligida, Turkiya Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA) bilan Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti (TURKSOY) tomonidan uyushtirilmoqda.  

“Mushtarak faoliyat va madaniy hamkorlik yechimlari” deb nomlangan mavzu ostida uyushtirilgan faoliyatda, muhim rejissyorlarga oid butun jahon kino festivallarida mukofatlar qo’lga kiritgan filmlardan tomoshabinlar e’tiboriga havol aqilinadi.

Faoliyatning 27-may kungi ochilish marosimida aktyor Kenan Ejening ishtirokida “Ertug’rul 1890” filmi taqdim etiladi.

Taniqli rejissyor O’sman Sinav ishtirokida “Ustozga hurmat” bo’limi, “Uzun hikoya” filmi; rejissyor Kemal Uzun, aktrisa Burchin Abdullah va filmning prodyusseri Galib Guner ishtirokida esa “Anqara yozi-Hayrlashuv maktubi” filmi tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Klassik turk filmlaridan hisoblangan Atif Yilmaz rejissyorligidagi “Qizil durrali nozik niholim” filmi va Yilmaz Erdog’an rejissyorligidagi “Kapalakning ruyosi” filmalri ham 27-may kuni tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

Faoliyat 27-maydan boshlab 1-iyunga qadar davom etadi.



Aloqador xabarlar