Buhoroda «Ipak va ziravorlar» festivali ochilmoqda

Buhoroda «Ipak va ziravorlar» festivali ochilmoqda .

494632
Buhoroda «Ipak va ziravorlar» festivali ochilmoqda

Buhoroda «Ipak va ziravorlar» festivali ochilmoqda 

Shu yilning 26-28 may kunlari O`zbekistonning Buhoro shahrida an`anaviy xalqaro «Ipak va ziravorlar» festivali bo`lib o`tadi. Ushbu tadbir doirasida shuningdek «Buhoroga yangi xorijiy sarmoyalar, ilg`or texnologiyalar va innovatsiyalarni jalb qilish – turizm sektori va unga hizmat qiluvchi infratuzilmanini ravnaqi hamda umumjahon miqyosda tan olingan madaniy merosning saqlanishi omili» mavzuida xalqaro anjuman ham tashkil etiladi.

Bu tadbirlar mazkur shaharda 2012 yildan beri o`tkazib kelinadi. Yildan-yilga festivalga bo`lgan qiziqish ortib, undaa qatnashish istagini bildirayotgan xorijiy hamkorlar ko`payib bormoqda. Shu munosabat bilan, bu yili ushbu ikki tadbir haqida video-lavhalar O`zMTRK rasmiy portali «WWW.MTRK.UZ»da joylashtirib borilishi rejalashtirilmoqda.

Buhoro viloyat xokimligi ushbu tadbirga qatnashayotgan turli xorijlik mehmonlarni qutlar ekan, Turkiyaning Buhoro bilan birodarlik aloqalariga ega Malatya viloyati vakillarini ham festival va anjumanda faol ishtirok etishga, festival haqidagi video-lavhalarni Malatyada ham namoyish etish imkonlarini ishga solishga chorlaydi.

Ushbu tadbirlar haqida fotoreportaj O`zbekistonning Turkiyadahi Elchixonasi portal - «http://www.uzembassy.org.tr/»da ham namoyish etiladi.

«Ipak va ziravorlar» festivali bu yil har galgidan ham rang-barang va qiziqarliroq bo`ladi, - den ta`kidlaydi Buhoro viloyati vakillari.



Aloqador xabarlar