Turkiya bu yil ham Eurovision qo’shiq tanlovida ishtirok etmaydi

Turkiya Eurovision-2016 qo’shiq tanlovida ishtirok etmaydi lekin turk tilida qo’shiq yangrashi mumkin.

429667
Turkiya bu yil ham Eurovision qo’shiq tanlovida ishtirok etmaydi

Turkiya bu yil ham Shvetsiyaning Stockholm shahrida o'tkaziladigan 61- Eurovision qo'shiq tanlovida ishtirok etmaydi.

Faqat bu yil qrim tatar millatiga mansub ukrainalik qo'shiqchi Jamala, bu yilgi Eurovision qo'shiq tanlovida Ukraina nomidan ishtirok etadi.

Jamala va uning “1944” deb nomlangan qo'shig'i dastlabgi tanlovda yuqori ball bilan qabul qilinib, finalga chiqgan 3 nomzoddan biriga aylandi.

Jamalaning qo'shig'i qrim tatarlarining surgun hikoyalari haqidadir.

So'zlarining bir bo'lagi turk tilida bo'lgan qo'shiqning naqorati quyidagicha:

“Yoshligimga to'yolmadim/ Men bu yerda yasholmadim”.

Ukraina nomidan yangraydigan qo'shiq, 21-fevral kuni o'tkaziladigan final bo'sqichida ma'lum bo'ladi.



Aloqador xabarlar