Ispaniyaning poytaxti Madridda "Trashumancia" marosimi...

Ispaniya Qishloq-xo’jalik vazirligi mamlakatda chorva mollarini yetishtirishga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish va cho’ponlarni rag’batlantirish maqsadida qo'y marosimi tashkil qildi.

399686
Ispaniyaning poytaxti Madridda "Trashumancia" marosimi...

Ispaniyaning poytaxti Madridda cho’ponlarni rag’batlantirish maqsadida ajabtovur faoliyat yo’lga qo’yildi.
Madridda “Trashumancia” marosimi doirasida 2000dan ortiq qo’y shahar markaziga tomon haydab borildi.
O’rta asrdan qolgan bu marosim 1994 yildan beri muntazam ravishda o’tkazilib kelinadi.
Maqsad mamlakatda chorva mollarini yetishtirishni tashviq etish va cho’ponlarni rag’batlantirishdir.
Marosim munosabati bilan shahar markazidagi ko’chalarda transport qatnovi to’xtatildi.
Ispaniya Qishloq-xo’jalik vazirligi tomonidan uyushtirilgan marosim tahminan 4 soat davom etdi.
Cho’ponlar boshchiligida shahar ko’chalarini to’ldirgan qo’ylar Madridga kelgan turistlarni lol qoldirdi.
Marosimda cho’ponlar va oilalari an’anaviy milliy liboslarini kiyib mahalliy raqslarini ijro etdilar.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar