Milliy bokschilar birinchi kunidayoq g’olibiyatni qo’lga kiritdi

Milliy bokschilarimizdan Fatih Kalesh 64 kilolik, Seyda Keser esa 91 kilolik vazn bilan ringga chiqdilar.

319060
Milliy bokschilar birinchi kunidayoq g’olibiyatni qo’lga kiritdi

Bolgariyaning Samokov shahrida kecha boshlagan Yevropa Boks chempionligida milliy sportchilarimiz birinchi kunidayoq 4 g’olibiyatni qo’lga kiritdilar.

Chempionlikning oqshomgi seansida 64 kilolik vazn bilan ringga chiqgan Fatih Kalesh estoniyalik raqibi Maksim Vildeni yengib, nomini ikkinchi bosqichga yozdirdi.

Milliy bokschilardan Seyda Keser esa 91 kilolik vazn bilan kurashar ekan moldovalik Mihail Munteanni mag’lub qilib keyingi bo’sqichga ko’tarildi.

10-avgust dushanba kuni o’tkaziladigan ikkinchi bo’sqich musobaqasida Fatih Kelesh angliyalik Pat McCormack bilan, Seyda Keser esa shvetsiyalik Gabriel Richards bilan bellashadilar.

Ertalabgi seansda ham 60 kilolik vazn bilan Yasin Yilmaz va 91 kilolik vaznda Ali Eren Demirezen o’z raqiblarini yengib, ikkinchi bo’sqichga ko’tarilgan edilar.

Bugun soat 19:00da, 69 kilolik vazn bilan O’mer Shipal, irlandiyalik Adam Patrick Nolan bilan ilk bo’sqich uchun kurashadilar.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar