Istanbul bo'g'ozidan bahaybat qurilish kemasi o'tdi

Ushbu kema dunyoning ikkinchi yirik kemasi hisoblanadi.

308796
Istanbul bo'g'ozidan bahaybat qurilish kemasi o'tdi

Kattaligi ikkita futbol maydoniga barobar bolgan va “Saipem 7000” deb nomlangan bahaybat kema Istanbul bo’g’ozidan o’tdi.

Bolgariyadan Gollandiyaga qarab yo’l olgan dunyoning ikkinchi yirik kemasining o’tishi uchun Sohil xavfsizlik xizmatiga oid shatakchilar yordam berdi.

Kengligi 88 metrni tashkil etgan kemaning uzunligi esa 198 metrdir.

Bahama bayrog’i hilpiragan, tabiiy gaz liniyasi o’rnatish faoliyatlarida foydalanilgan ushbu qurilish kemasi, Bolgariyaning Burgaz portidan Rotterdam portiga jo’nab ketmoqda.

Kema “Turk oqimi” loyihasining suv osti bosqichida, muhandislik tadqiqotlarida foydalanildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar