Germaniyada, "Turk xalq raqs" festivali o’tkazildi

21-Turk xalq raqs festivali Germaniyaning Frankfrut shahrida o’tkazildi.

290690
Germaniyada, "Turk xalq raqs" festivali o’tkazildi

Langen shahridagi festival doirasida uyushtirilgan xalq raqsi musobaqasida, Turkiyaning Kutahya viloyatiga xos mintaqaviy raqslar bilan Mannhein Motif raqs ansambli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

Festivalda mehmon sifatida ishtirok etgan ozarbayjonlik, bosniya va gertsegovinalik, italiyalik, nikaragualik, perulik, chililik, tailandlik va gretsiyalik raqs ansambli ham raqs tushib, e’tiborlarni o’ziga jalb etdilar.

Rang-barang tomoshalarga sahna bo’lgan festivalning maqsadi o’zga yurtlardan va millatlardan kelgan insonlarni bir-biri bilan sahnada uchrashtirish edi.

Festival Germaniyada, turk tilida chop etilgan “Toplum” gazetasi bilan Langen munitsipalitet va Frankfurt Jamiyat dialogi uyushmasining mushtarak faoliyati natijasida uyushtirildi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar