Yuz yillik doston

Chanoqqal’a g’alabasining 100-yilligi munosabati bilan qisqa metrajli film tayyorlandi.

244865
Yuz yillik doston

Prezidentlik ma’muriyati tomonidan Chanoqqal’a g’alabasining 100-yilligi munosabati bilan qisqa metrajli film tayyorlandi.

Chanoqqal’adagi Shahidlar yodgorligi tasviri bilan birga “Sen hech shahid ovozini eshittingmi” degan savol bilan boshlagan filmda, Chanoqqal’a urush maydonidagi askarlarning ovoziga o’rin berildi.

Ushbu qisqa metrajli filmda, tong saharlab bir askar tomonidan o’qilgan azon va Chanoqqal’a bog’ozidagi harbiy kemalarning tasviri ortidan Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’anning ovozi eshitildi.

Prezident Erdog’an atalgan film uchun Arif Nihat Asyaning “Duo” she’rini o’qir ekan ushbu she’r urush maydoni tasvirlari orasida taqdim etiladi.

Turk harbiylarining Vatanni himoya qilish uchun olib borgan kurashi ham ijro etilgan tasvirda, harbiylarning urush maydonida, birgalashib o’qigan namozlari ham o’rin oldi.

Qisqa metrajli filmda, she’rning ortidan, shahid qabriga gul qo’yib, duo qilgan Prezident Erdog’anning tavsiri berilgan.

Turk bayrog’i bilan G’oziy Mustafa Kemalning fotosurati ham ekranga kelgan ushbu film, “Yuz yillik doston. Chanoqqal’a g’alabasining 100-yilligi munosabati bilan shahid va g’oziylarni hurmat, ehtirom va minnatdorchilik ila yodga olamiz” degan ifodalar bilan yakunlandi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar