Falastinda turk rassomning karikaturalari namoyish qilindi

Falastinning Ramallah shahrida karikaturachi Osman Surog’luning “Do’stlikning tasviri” deb nomlangan shaxsiy ko’rgazmasi ochildi.

288435
Falastinda turk rassomning karikaturalari namoyish qilindi

Falastinda turk karikaturachi rassomning asarlari asosida ko’rgazma ochildi.
Falastinning Ramallah shahrida karikaturachi Osman Surog’luning “Do’stlikning tasviri” deb nomlangan shaxsiy ko’rgazmasi ochildi.
Turk hamkorlik va koordinatsiya agentligi TIKAning hissalari bilan tashkil qilingan ko’rgazmada rassomning 50dan ziyod tanlangan asari namoyish qilindi.
Namoyish qilingan asarlar asosan, Falastin va islomga qarshi salbiy ko’z-qarashni mavzu qilib olgan.
Tomoshabinlarga manzur bo’lgan ko’rgazmada, mehmonlarga TIKA tomonidan 4 tilda nashr qilingan karikatura albomi tarqatildi.
Turk rassom Surog’lu Fransiyada nashr qilingan “Charli Hedbo” karikatura jurnalida bosilgan turli karikaturalarga nisbatan fikrini quyidagicha ifoda etdi:
“Aslida, “Charli Hedbo” mumkin bo’lmagan ishlarga qo’l uradi va bu juda noto’g’ri. Bundan tashqari, ba’zilarining bunga qarshilik ko’rsatish maqsadida odam o’ldirishi, kuch ishlatishi ham ayni darajada noto’g’ri deb o’ylayman. Shu sababli karikaturalarimni shaxsiy printsiplarimga amal qilgan holda chizishga harakat qilaman. Boshqalarini ranjitmaslikka harakat qilaman. Men hech kimning muqaddas qadriyatlarini mazhara qilmayman va bu mumkin emas”-dedi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar