14-Boston Turk fil’m festivali boshlanmoqda

Amerikaning shimoli sharqidagi Boston shahrida bo’lib o’tadigan festival ochilishida turk rejissiyor Nuri Bilge Jeylan tomonidan tasvirga tushirilgan “Qish uyqusi” nomli kinofil’m namoyish qilinadi.

270541
14-Boston Turk fil’m festivali boshlanmoqda

Ertaga 14-Boston Turk fil’m festivali boshlanadi.
Amerikaning shimoli sharqidagi Boston shahrida bo’lib o’tadigan festival ochilishida turk rejissiyor Nuri Bilge Jeylan tomonidan tasvirga tushirilgan “Qish uyqusi” kinofil’mi namoyish qilinadi.
19 martdan 25 aprel kunigacha davom etadigan festivalda jami 23 nafar turk kinofil’mi namoyish qilinadi.
Boston Turk fil’m festivali doirasida beriladigan Turk kinosida mukammallik mukofoti bu safar rejissiyor Onur Unluga taqdim etiladi.
Festival doirasida, marxum rejissiyor O’mer Lutfi Akad xotirasiga atab 1973 yili tasvir olingan “Kelin” nomli kinofil’m ham namoyish qilinadi.
Mazkur kinofil’mda taniqli turk aktrisa Hulya Kochyigit bosh ro’lni ijro etgan.
Festivalda Chanoqqal’a g’alabasining 100 yilligiga bag’ishlangan ikki nafar kinofil’m ham namoyish qilinadi.
Turk rejissiyor Tolga O’rnek tomonidan tasvir olingan “Gelibolu” hujjatli fil’mi 25 mart kuni namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, Amerikalik rejissiyor Russell Crowe tasvirga olgan “So’ngi umid” nomli kinofil’m 23 aprel kuni ilk marta Amerikalik tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.
Mazkur fil’mda turk aktyorlar Yilmaz Erdog’an bilan Jem Yilmaz bosh ro’llarni ijro etgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar