Chanakkale dengiz g’alabasini hotirlash marosimlari davom etmoqda

Chanakkale dengiz g’alabasini hotirlash marosimlari doirasida İzmir Kema muzeylari boshqarmasi tomonidan muzey sifatida loyihalashtirilgan “To’fon” nomli kemada qurollar, ordenlar va askarlarning ashyolari asosida ko’rgazma ochildi.

267240
Chanakkale dengiz g’alabasini hotirlash marosimlari davom etmoqda

Chanakkale dengiz g’alabasining hotiralari İzmirda namoyish qilinmoqda.
İnjiraltidagi muzey kemada qurollar, ordenlar va askarlarning ashyolari asosida ko’rgazma ochildi.
Mazkur ko’rgazma tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Ko’rgazmaga tarixiy asar kollektsionerlari o’z hissasini qo’shdilari.
Kellektsioner Ohan Akseki yillar mobaynida to’plab asrab yurgan urushdan qolgan orden, qilich va miltiq o’qlarini namoyish qildi.
Kellektsioner Bulent Oktem esa, Turkiya va dunyoda bosilgan Chanakkale va Otaturk markalarini namoyish qildi.
Chanakkale dengiz g’alabasini hotirlash marosimlari doirasida İzmir Kema muzeylari boshqarmasi tomonidan muzey sifatida loyihalashtirilgan “To’fon” nomli kema ham tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.
1967 yili Germaniyada qurilgan ushbu kema Turkiya Dengiz kuchlari komondonligiga 47 yil xizmat qildi.
Hozirda İzmirda “Egey”, “Piri Reis” va “To’fon” deb nomlangan jami 3 ta kema muzeyga aylantirilgan.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar