Misr firavnlaridan Qrolicha 3-Khentkausning mozori topildi

Qadimgi Misr madaniyati ustida tadqiqot olib borgan Chexiya-Misr Egiptologiya İnstituti bilan Misr Tarixiy asarlar vazirligi hamkorligida Qohiraning janubi g’arbidagi antik Abu Sayr hududida yuritilgan qazilmalar paytida Qrolicha 3- Khentkausning mozori topilgan.

171537
Misr firavnlaridan Qrolicha 3-Khentkausning mozori topildi

Qohirada Misr firavnlaridan Qrolicha 3-Khentkausning mozori topildi.
Misr Tarixiy asarlar vaziri Memduh ed-Demati ma’lum qilishicha, qadimgi Misr madaniyati ustida tadqiqot olib borgan Chexiya-Misr Egiptologiya İnstituti bilan Misr Tarixiy asarlar vazirligi hamkorligida Qohiraning janubi g’arbidagi antik Abu Sayr hududida yuritilgan qazilmalar paytida Qrolicha 3- Khentkausning mozori topilgan.
Chexiya-Misr Egiptologiya İnstituti Direktori Miroslav Barta qazilma faoliyatlarida meloddan avvalgi 2489-yillar va meloddan avvalgi 2345-yillarda hukm surgan Qadimgi Qrollik davrining 5-sulolasiga mansub qrolichaning mozoridan tashqari, sulolaning ba’zi shahslariga oid ma’lumotlarning ham topilganini bildirdi.
Miroslav Barta mazkur tadqiqot Qrolichaning shajarasiga doir yana ham chuqur tadqiqot olib borishga fursat yaratganini tilga oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar