"Tog’larning qrolichasi" nomli qirg'iz kinofil'mi İstanbulda...

Mazkur fil’mda turmush o’rtog’i suiqast qurboni bo’lgach, Alay qirg’izlariga yetakchilik qilgan Qurmonjon Dodxoning O’rta Osiyoga rus xokimiyati kirib kelgan paytdagi hayoti haqida hikoya qilinadi.

165584
"Tog’larning qrolichasi" nomli qirg'iz kinofil'mi İstanbulda...

Qirg’iz kino tarixida eng qimmatbaho fil’mlardan biri bo’lgan va Oscarga nomzod qilib ko’rsatilgan “Tog’larning qrolichasi” nomli kinofil’m İstanbulda namoyish qilinadi.
“Tog’larning qrolichasi” nomli kinofil’mda qirg’izlarning tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan Chor Rossiya xokimiyatiga kirgan davrlar yoritib berilgan.
Kinofil’mning rejissiyori Sadik Sher-Niyaz.
Mazkur fil’mda turmush o’rtog’i suiqast qurboni bo’lgach, Alay qirg’izlariga yetakchilik qilgan Qurmonjon Dodxoning O’rta Osiyoga rus xokimiyati kirib kelgan paytdagi hayoti haqida hikoya qilinadi.
1907 yildan vafotigacha to’liq 30 yil mobaynida Alay qirg’izlariga yetakchilik qilgan Qurmonjon Dodxo Alay qirg’izlarining ishg’oldan zarar ko’rmasligini ta’minlagan va yana ham yaxshi hayot surishini ta’minlagan yetakchi ayol sifatida xozirgi kunda “Alay qrolichasi” deya hotirlanadi.
Davlat tomonidan xomiylik qilingan mazkur kinofil’mga tahminan 1 yarim million dollar mablag’ sarf qilindi.
Mazkur fil’m 14 noyabr kuni İstanbulda turk kino muhlislari e’tiboriga havola qilinadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar