Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtomobil xizmatga tayyor...

Shimoliy Kipr Turk Respublikasining dastlabki quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtomobili "Ra 25" Yaqin sharq Universitetida loyihalashtirildi.

118855
Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtomobil xizmatga tayyor...

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida ishlab chiqarilgan dastlabki quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtomobil muhlislar e’tiboriga havola qilindi.
Mazkur avtomobil “Quyosh tangrisi” ma’nosini bildirgan “Ra 25” deb nomlandi.
Shimoliy Kipr Turk Respublikasining dastlabki quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtomobili Yaqin sharq Universitetida loyihalashtirildi.
Butunlay quyosh energiyasi bilan ishlaydigan va 1800 Watt kuch motorga ega bo’lgan “Ra 25” soatiga 150 km tezlik bilan yurish qobiliyatiga ega.
Uzunligi 5 metr va kengligi tahminan 2 metr bo’lgan avtomobil faqatgina oldinga va orqaga yurish xususiyatiga ega bo’lib, jami 2 skopis bilan boshqariladi.
Avtomobilning yana bir xususiyati esa, Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga xos mashina raqamiga ega bo’lishidir.
Mazkur avtomobil 27 sentyabr kuni Xalqaro Avtomobil Federatsiyasi FİA tomonidan uyushtirilgan “Janubiy Afrika Quyosh energiyasi bilan ishlaydigan avtomobil poygasi”ga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi nomidan qatnashadi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar