Londonda Turk kinofil’m festivali o’tkazilmoqda

Festival rejissiyor Mahmut Fazil Jo’shkun tasvirga tushirgan “Yozgat Blues” nomli kinofil’m taqdimoti bilan boshlandi.

71933
Londonda Turk kinofil’m festivali o’tkazilmoqda

Londonda Turk kinofil’m festivali o’tkazilmoqda.
Turkiya Madaniyat va turizm vazirligining qo’llab quvvatlovi bilan tashkil qilingan Turk kinofil’m festivali rejissiyor Mahmut Fazil Jo’shkun tasvirga tushirgan “Yozgat Blues” nomli kinofil’m taqdimoti bilan boshlandi.
Fil’m taqdimotiga Turkiyaning Londondagi elchixonasi Madaniyat va tanituv maslahatchisi Ali Selchuk Jan, teatr va kino aktrisasi Serra Yilmaz, fil’m rejissiyori Mahmut Fazil Jo’shkun, fil’mda bosh ro’lni ijro etgan aktyor Arjan Kesal, Yunus Emre institutining Londondagi filiali direktori Mehmet Shen va boshqa ko’plab turk va xorijlik mehmonlar tashrif buyurdi.
Kechada aktrisa Serra Yilmazga “Hayot bo’yi uytun xizmat” mukofoti topshirilar ekan, rejissiyor Dervish Zaim tasvirga olgan “Devir” nomli fil’m 6 nomzod ichidan Golden Wings mukofoti sohibi bo’ldi.
1 iyungacha davom etadigan London Turk fil’m festivali doirasida 20 dan ziyod kinofil’m, xujjatli fil’m va qisqa metrajli fil’mlar namoyish qilinadi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar