Kun tahlili-21

SETA tashkilotining tashqi siyosat bo’yicha tadqiqotchisi Jan Acunning mavzu haqidagi mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

2143557
Kun tahlili-21

 

19 may kuni Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan Ozarbayjon chegarasida toʻgʻon ochilishida ishtirok etgan Eron Prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyoti parvoz vaqtida halokatga uchradi. Halokat oqibatida Prezident Raisiy va Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon hamda oliy darajadagi delegatsiya a’zolarining barchasi hayotdan ko'z yumdi.

Ma’lumotga ko’ra, vertolyot halokatga uchragach, Eron qutqaruv guruhlari uzoq vaqt davomida samolyot qoldiqlarini topa olmadi va Turkiyadan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi.

Turkiya Eronning ushbu taklifiga juda tez javob berdi va “AKINIJI TIHA” dronlari qutqaruv operatsiyasida ishtirok etdi.

Turkiyaning bu yordami katta ovozalarga sabab bo'lar ekan, millionlab odamlar “Akinji”ning vertolyot qoldiqlarini topishga yordam berganini “Anadolu” xabar agentligi va “FlightRadar24” kabi platformalarda jonli ravishda tomosha qildilar. Halokatga uchragan vertolyot avariyami yoki sabotajmi, hozircha sirligicha qolmoqda.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki davlat chegarasida joylashgan “Qiz qal'asi” va “Hudaferin” to'g'onlari ochilishini birgalikda amalga oshirgandi.

Aliyev bilan birgalikda Ozarbayjon chegarasida toʻgʻon ochilishini amalga oshirgandan soʻng, Tabriz shahriga qaytish uchun parvoz qilgan Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot bilan aloqaning uzilishi birdaniga xavotirlarga sabab boʻldi.

Eron tomonidan berilgan turli bayonotlar va Raisiyning taqdiriga oid noaniqlik vaziyatning jiddiyligini oshkor qildi. Oxir-oqibat, prezident va tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va yuqori martabali hukumat amaldorlarini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchragani ma'lum bo'ldi. Eron hukumati va qutqaruv guruhlari uzoq vaqt davomida samolyot qoldiqlarini topa olmay, Turkiyadan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi.

Turkiya Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Eron bilan aloqa o’rnatilgach, darhol hududga tungi ko'rish tizimiga ega vertolyot va “AKINJI TIHA” droni yuborildi.

 “AKINJI TIHA” droni eng qisqa vaqt ichida mintaqaga yetib keldi va qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etdi.

“AKINJI” droni vositasida e'lon qilingan video tasvirlarda mintaqadagi ob-havo sharoiti juda yomon bo'lgani, bo'ron va tumanning ishni juda qiyinlashtirgani “SAT com” va “TurkSAT” sun'iy yo'ldoshlarining ko'magi natijasida termal va boshqa tasvirlash tizimlariga ega “AKINJI” qurilmasi voqea joyiga yetib borishga muvaffaq bo'lgani kuzatiladi. Natijada, “Akinji” droni Raisiyning qulagan vertolyoti koordinatalarini Eron hukumatiga yetkazdi.

Turkiyaning ushbu yordami katta shov-shuvlarga sabab bo'lar ekan, millionlab odamlar "“FlightRadar24” va “Anadolu” xabar agentligi tomonidan berib borilgan jonli efir orqali  “Akinji”ning vertolyot qoldiqlarini topishga harakat qilganini tomosha qildi.

Tonggi soatlarda voqea joyiga yetib borilgach, vertolyotdagi barchaning, jumladan Raisiy va boshqa barcha vakillarning hayotdan ko‘z yumgani ma’lum bo‘ldi. 

 Sabotajmi yoki baxtsiz hodisami?

Raisiyning vertolyoti yomon ob-havo tufayli halokatga uchradimi? yoki sabotaj sodir bo'ldimi? Hozircha aniq ma’lumot yo'q. Eronning tegishli idoralari haqiqatni oshkor qilish uchun sinchkovlik bilan tergov-surishtiruv harakatini olib bormoqda. Albatta, agar bu qasddan sodir qilingan bo'lsa, birinchi navbatda Isroil esga tushadi.

Maʼlumki, Gʻazo bosqinidan keyin Eron va Isroil oʻrtasida avval diplomatik, keyin esa toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuvlar sodir bo’ldi, biroq AQShning Isroilga nasihati bilan vaziyatning yanada kuchayishi oldi olingandi.

Biroq, Eronning kuchli hujumlariga Isroil to‘liq javob bera olmadi. Isroil rasmiylari Eron bizning javobimizni vaqti kelganda ko'radi, deya bayonotlar berishdi. Shu bilan birga, Raisiy tomonidan foydalanilayotgan vertolyotlar kamida 30 yillik ekanligi va qiyin ob-havo sharoitida parvoz qilish uchun yetarli texnik jihozlarga ega emasligi ham ma’lum. Mintaqadagi kuchli bo'ron va tumanni hisobga olsak, noqulay ob-havo sharoiti tufayli avariya ehtimoli yuqoriroq ko'rinadi.

 Oxir oqibat, texnik tekshiruvlar natijasida voqeaning sabotajmi yoki haqiqatan ham halokatmi bu aniqlanadi. Biroq, Eron davlatining yetarsizligi haqida jiddiy tanqidlar paydo bo'lishi ehtimoldan holi emas. Vertolyotning texnik nochorligi, qutqaruv ishlarining zaifligi va Turkiyadan yordam so'rashga majbur bo'lganligi haqida jiddiy tanqidlar bo'lmoqda.

Masalaga Turkiya nuqtai nazaridan qarasak, insonparvarlik nuqtai nazaridan qo‘shnichilik burchini bajargan davlat deb baholash mumkin. Natijada, Eronning yordam talabiga zudlik bilan javob berildi va barcha texnik vositalar safarbar qilindi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, “AKINJI SIHA” va “TurkSat” sun’iy yo‘ldoshlarining muvaffaqiyati butun dunyo e’tiborini tortdi va Turkiya mudofaa sanoatining bugungi holatini yana bir bor taqdirlash imkonini berdi.

Shuni ham e’tirof etish joizki, dunyoda AQSh kabi faqat bir yoki ikki davlat Turkiya erishgan imkoniyatlarga ega.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Turkiya

Aloqador xabarlar