Kun tahlili 79-qism

Joriy yilning iyun oyida o’tkazilgan G7, NATO va AQSh-Yevroittifoq sammitlari bilan birga Trans-Atlantika munosabatlari Jo Bayden rahbarligi davrida yangi bosqichga ko’tarildi.

1668378
Kun tahlili 79-qism

 

Yevroittifoq yetakchilari iyun oyining oxirida bir qator xalqaro anjumanlar o’tkazdi. Ushbu tadbirlar bir oy davomida olib borilgan qizg’in diplomatik sa’y-harakatlar natijasida tashkil etildi.

Joriy yilning iyun oyida o’tkazilgan (Katta yettitalik)G7, NATO va AQSh-Yevroittifoq sammitlari bilan birga Trans-Atlantika munosabatlari Jo Bayden rahbarligi davrida yangi bosqichga ko’tarildi. Sobiq prezident Donald Tramp merosining vayronkor oqibatlari hamon bartaraf etilmadi, biroq Vashington Yevropa qit’asidagi ittifoqdoshlari bilan hamkorlik qilishga xayrixohligini bildirdi.

Yevropada ayniqsa, xavfsizlik va tashqi siyosat bo’yicha Vashington bilan hamkorlikni mustahkamlash xususida turlicha mulohazalar bor edi. Baydenning shu kungacha olib borgan sa’y-harakatlari Trampdan qolgan salbiy oqibatlar va COVID-19 pandemiyasidan so’ng, AQSh va Yevroittifoq o’rtasidagi o’zaro ishonchni qayta tiklash uchun yetarli bo’lmaganini kuzatish mumkin.

Xitoy bilan qanday munosabat o’rnatilishi, Rossiyaga nisbatan qanday munosabatda bo’linishi, koronavirus pandemiyasidan keyin odatiy hayotga qaytish uchun iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yish kabi bahsli mavzular aloqalardagi ijobiy muhitni saqlab qolish uchun keyinga qoldirilgan ko’rinadi.

Turkiya uchun oxirgi yetakchilar sammiti hech qoniqarli bo’lmadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Haqiqatan ham sammit Brussel bilan aloqalarni jonlantirishga tayyorlanayotgan Turkiya uchun go’yo umidlar puchga chiqqanligini aytish mumkin. Turkiyaning Yevropa bilan ijobiy munosabatlarni yo’lga qo’yish umidi ro’yobga chiqmadi. Aytilayotgan “ijobiy kun tartib” aslida samimiyatsiz, shunchaki Anqaraning sa’y-harakatlaridan foydalanish ekani barchaga oshkor bo’ldi desak adashmagan bo’lamiz.

Sammit yakunlari bo’yicha bayonnomada Turkiya bilan aloqali 79ta modda o’rin olgan. Biroq, ushbu moddalarning birontasida ham Turkiyaning Yevroittifoqqa nomzodligi haqida so’z aytilmadi. Turkiya bilan munosabatlarni yana ham yuqori bosqichga olib chiqish yo’lida aniq qadam tashlanmadi, hatto Turkiya bilan diplomatik muloqot yo’lga qo’yish uchun ba’zi shartlar qo’yildi.

Bayonnomada Suriyalik qochqinlarga yordam ko’rsatish haqida gap ketdi, biroq migratsiya bo’yicha hamkorlik Turkiyaga xos masala emas. 9 oy davom etgan ijobiy kun tartibga qaramay, Turkiya bilan munosabatlarning normallashuviga doir qadamlar tashlanmadi. Yevropaning va’dalari quyidagicha edi; Turkiya fuqarolari uchun vizani bekor qilish, bojxona ittifoqini qayta shakllantirish, a’zolik jarayonini jonlantirish, mudofaa va tashqi siyosat bo’yicha yana ham faol hamkorlik  qilish edi.

Yevropa yetakchilarining Turkiya bilan bog’liq nohaq qarorlari Turkiyaning Yevropaga nisbatan shubhali yondashuviga zamin yaratadi.

Turkiya Yevroittifoqning munosabatini samimiyatsiz deb baholadi. Bu Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarini avvalgidan ham murakkab ahvolga soladi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Yevroittifoq yetakchilari Turkiya bilan munosabatlarni yaxshilashni kechiktirish uchun bahona sifatida Rum va Kiprlik rumlarning iddaolarini ilgari surishni bas qilishi kerak. Natijada, ijobiy kun tartibga bo’lgan ishonch so’ndi deyish mumkin. Agar ushbu samimiyatsiz rasmiy munosabat davom etadigan bo’lsa, Anqara va turk jamoatchiligi Yevroittifoq bilan diplomatik muloqot o’rnatish va hamkorlik qilishga qiziqishini yo’qotishi mumkin.

 

                                                                                                                                                                           Prof. Murat Yeshiltash

                                                                                                  SETA tashkilotining xavfsizlik bo’yicha tadqiqotlar bo’limi rahbari


Tanlangan kalimalar: #Yevropa Ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar