Kun tahlili 12- qism

Terrorga qarshi kurashda yangi davr Prezident Erdo’g'anning bayonotlari ortidan Hakan Fidanning mintaqaga tashriflari va yakunda sohada tashlangan qadamlar.

2118636
Kun tahlili 12- qism

 

 

 

Terrorga qarshi kurashda yangi davr

  Prezident Erdo’g'anning bayonotlari ortidan Hakan Fidanning mintaqaga tashriflari va yakunda sohada tashlangan qadamlar. Turkiyaning terrorizmga qarshi kurash doirasida Iroq va Suriyada yangi harbiy amaliyotlar oʻtkazishga kirishishini koʻrsatar ekan, Qo'shma Shtatlarning mintaqadan chiqib ketishi yoki chiqmasligi va Rossiya va Eron kabi aktyorlarning qadamlari Turkiyaning tegishli harakat yo'nalishini belgilab bergandek.

  SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha bahosini taqdim etamiz...

  Turkiya uchun mintaqaviy dinamika ijobiy o'zgarishlarni ko'rsatmoqda. Ayniqsa Bag’dod ma’muriyati bilan olib borilgan siyosiy va diplomatik muzokaralar terrorizmga qarshi kurash doirasida ilk bor natija bera boshladi.

Iroq ma'muriyati PKKga rasman taqiqlangan tashkilot maqomini bergan bo'lsa, yig'ilgan mushtarak xavfsizlik mexanizmi bilan Iroqda PKKga qarshi qilinadigan qadamlar muhokama qilindi.

Turkiya oxir-oqibatda PKKga qarshi Bag'dod va Erbil bilan kelishilgan holda kurashishni istasa-da,  Bag‘dodning endi PKK balosidan qutulmoqchi ekanligiga kuchli belgilar bor. Oxir oqibat, Turkiya va Iroq bir-birini to'ldiradigan jiddiy iqtisodiy manfaatlarga ega.

Savdo hajmi ortib, suv muammosi yanada samarali boshqarilib, turk shirkatlarining Iroqdagi sarmoyalari ortib ketadigan bir tenglama bo'lishi mumkin.

Xususan, Prezident Erdo’g’anning kelasi oy Bag’dodga tashrifi kutilmoqda. Bu doirada, tegishli mavzularda yanada aniq qadamlar qo’yilishini taxmin qilishimiz mumkin.

Bundan tashqari, rivojlanish yo'li loyihasi Fors ko'rfazidan boshlanib, Iroqning asosiy hududi orqali Turkiyaga yetib boruvchi global logistika liniyasini tashkil etish bilan bog'liq.

Tomonlar kelishib bu masalada sarmoya kiritishga kirishganligi PKK masalasiga chek qo'yish kerakligini ko'rsatuvchi yana bir o'zgarish sifatida oldimizda turibdi.

Albatta, bu yerda Eronning o‘rni ham muhim bo‘ladi, agar Eron xohlasa, Bag‘dodga ta’siridan foydalanib, bu hamkorlikka zarar yetkazishi mumkin.

  va bu doirada Turkiya yaqin oylarda PKKga qarshi bir tomonlama qadamlar tashlashi kerak bo’lishi mumkin, ammo buning na Anqaraning, na Bag’dodning manfaati emasligi aniq.

Turkiya uchun yana bir mavzu Suriya. Bu erda AQSh qo'shinlari olib chiqiladimi yoki yo'qmi degan savol tug'iladi. Bu asosiy kun tartibini tashkil etadi, lekin Turkiyaning Iroqdagi harakatlari, ayniqsa tashkilotning Iroq-Suriya aloqasini uzishi terrorizmga qarshi kurash doirasida Suriya maydoniga jiddiy ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Turkiya hozirda PKK bilan aloqa liniyalarida ishlamoqda, lekin vaqti-vaqti bilan PKK a'zolari ham boshini kesish jarayoni doirasida Suriyada MİT tomonidan nishonga olinadi. Biroq, AQSh yangi keng qamrovli harbiy operatsiya uchun Suriyadan chiqib ketadimi yoki yo'qmi, aniq bo'lishi kerak.

Biz SETA / Tashqi siyosat tadqiqotchisi Jan AJUNning ushbu mavzu bo'yicha bahosini taqdim etdik ...

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #PKK , #Iroq , #Turkiya , #Kun tahlili

Aloqador xabarlar