Kun tahlili 73-qism

Isroil tashkil topgan kundan buyon Falastinni bosqichma-bosqich ishg’ol qilar ekan, bu siyosatida juda ko’p omilga tayanmoqda. Bular orasida uchta omil muhim sifatida ko’zga tashlanadi.

1642924
Kun tahlili 73-qism

 

Isroilning Falastinga nisbatan zo’ravonligi yana bir bor G’azo, Quddus va G’arbiy sohilda namoyon bo’ldi.

Isroil G’azoda yuzlab tinch aholining hayotiga zomin bo’lgan va ko’plab insonlarning jarohatlanishiga olib kelgan zarbalarini yana takrorladi. Bu esa Falastin istilosi va uning barcha oqibatlarini yashirish va G'azoga xos masala deb ko’rsatish strategiyasiga asoslangan. Isroil tashkil topgan kundan buyon Falastinni bosqichma-bosqich ishg’ol qilar ekan, bu siyosatida juda ko’p omilga tayanmoqda. Bular orasida uchta omil muhim sifatida ko’zga tashlanadi.

Birinchi omil, ikkinchi jahon urushi vaqtida ro’y bergan yahudiy qatliomi (Holokost) sabab qilib ko’rsatilganligidir. Shubhasiz nemislar tomonidan amalga oshirilgan yahudiy qatliomidan so’ng, anti-semitizm taqiqlangan va bunday voqealarning qayta takrorlanmasligi uchun ayniqsa Yevropa mamlakatlari o’rtasida idrok etish tushunchasi hosil qilingan. Biroq, Isroil tashkil topgan kundan buyon anti-semitizmning mazmunini kengaytirib, o’ziga va tadbiq etgan siyosatiga “qonuniylik” zamini yaratgan. Zero, Isroil Falastinga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi aytilgan oddiy tanqidlarni ham antisemitizm doirasiga olib, har bir Isroilga aytilgan tanqid İsroil rahbariyati tomonidan antisemitizm deb aytib kelinmoqda.

Eng qizig'i shundaki, Isroil hukumati o'zining ichki siyosatida foydalanayotgan ushbu antisemitizm niqobi, tezkorlik bilan AQSh va Yevropa davlatlariga ham ta’sir ko’rsatdi. Hatto, antisemitizm deb atalgan "nozik" siyosat, Isroil rahbarlaridan ham ko'proq Yevropa davlatlari rahbarlari tomonidan tilga olina boshladi. Buning natijasida İsroilning bosqinchi siyosati va bu boradagi barcha amaliyotlari, deyarli munozara qilinmaydigan holatga aylanmoqda.

Isroilning Falastinni bosib olish siyosatida bunchalik jur’at bilan harakat qilishining ikkinchi asosiy omili esa, AQShning Isroilni cheksiz qo'llab quvvatlashi va AQShdagi Yahudiy lobilarining ta'sir kuchida yotmoqda. Isroil davlat sifatida tashkil etilganligini e'lon qilishi bilanoq, atigi 11 daqiqa o'tgach AQSh tomonidan mustaqil davlat sifatida tan olindi va dastlabki kunlardan boshlab AQShning siyosiy yordamini olishga muyassar bo'ldi. Dastlabki bosqichda AQShning harbiy yordamini ketma ket ola boshlagan İsroil, atrofdagi davlatlardan biron norozilik kelmagach, 1967 yildan e'tiboran mintaqada "Isroilning harbiy ustivorligi" prinsipi asosida harbiy yordam ola boshladi.

Jo Bayden  AQSh prezidenti bo'lib saylangach, AQShning Isroilga berayotgan cheksiz yordamida biroz o'zgarish kutilayotgandi. Chunki, Jo Bayden saylovoldi tashviqotida, Isroilning xavfsizligini ta'minlashga va xalqaro inson huquqlariga katta e'tibor berishga va’da bergandi.

Faqat Jo Bayden rahbariyati, Isroilning so'nggi kunlardagi bosqinchi siyosatiga qarshi tutgan pozitsiyasi, avvalgi preziden Trumptan so'ng Falastin masalasida paydo bo'lgan umidlarning puchga chiqqanligini yaqqol ko'rsatib turibdi.

Isroilning hujumlariga imkoniyat bergan va Falastinni bosib olishda jasorat bergan uchinchi omil esa, mintaqadagi davlatlar va ularning yetakchilari o'z manfaatlarini ko'zda tutganligi bo'lib hisoblanadi. Ushbu omil Falastin muammosi yuzaga kelgan kundan beri va Arab-Isroil urushidan beri o'z ta'sir kuchini ushlab turibdi. Chunki, Isroil mintaqa davlatlarining rahbarlari o'zlarining shaxsiy manfaatlari yo'lida harakat qilgani va bir-biri bilan kelisha olmasligi natijasida Falastinni deyarli bosib oldi.

Mintaqadagi davlatlarning o’zaro siyosiy manfaatlari, oxirgi 10 yil davomida Isroilning manfaatiga xizmat qila boshladi. Ustiga ustak buning uchun İsroil katta mablag' ham sarflamadi. Aytib o'tish joizki, Misrda Husni Muborak hukumati qulagandan so'ng “Kamp David” shartnomasining buzilishidan cho'chigan Isroil, Misrda 2013 yilida yuzaga kelgan davlat to'ntarishi va Suriyadagi ichki urushning tobora ortib borishi natijasida o'z shashtini pasaytirmadi. Mintaqadagi davlatlarda qattiqqo'l diktator boshqaruvlarini yonini olgan va ular bilan maxfiy ravishda kelishib olgan Isroil, AQShning ko'magi bilan Falastinni bosib olishda imkoniyatni qo'lga kiritdi.  

Yuqorida tilga olingan omillarning barchasida yoki kamida bittasida o'zgarish paydo bo'lsa, Isroilning Falastinda tashlaydigan har bir qadamiga o'z ta'sirini ko'rsatishi aniq.

                                                                                                                                                                      Dotsent Yurat Yeshiltash                                                                                                              SETA tashkilotining xavfsizlik tadqiqotlari bo’yicha direktori

                                                                                                           

 

 


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Falastin

Aloqador xabarlar