Turkiyaga 4 oyda 12 million 678 ming 959 nafar sayyoh keldi

Madaniyat va turizm vazirligining 2024 - yilning yanvar - aprel davri ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaga kelgan sayyohlarning 10 million 654 ming 94 nafari chet ellikdir.

2144344
Turkiyaga 4 oyda 12 million 678 ming 959 nafar sayyoh keldi

Turkiyaga yilning ilk 4 oyida 12 million 678 ming 959 nafar sayyoh keldi.

Madaniyat va turizm vazirligining 2024 - yilning yanvar - aprel davri ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaga kelgan sayyohlarning 10 million 654 ming 94 nafari chet ellikdir. Roppa – rosa 2 million 24 ming 865 nafari esa chet elda yashayotgan turk fuqarolaridan iborat. Turkiyaga tashrif buyurganlarning jami soni 12 million 678 ming 959 nafar.

Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan chet ellik sayyohlar soni 11,75 foizdan oshdi.

Bu yilning ilk 4 oyida Turkiyaga eng koʻp Germaniya, Rossiya, Eron, Bolgariya va Britaniyadan sayyohlar kelgani aniqlandi.

Turkiyaga aprel oyida kelgan chet ellik sayyohlar soni, oʻtgan yilning xuddi shu oyiga nisbatan 8,71 foiz ortib, 3 million 611 ming 244 nafarga yetdi.

Aprel oyida Turkiyaga eng koʻp Germaniya, Rossiya, Britaniya, Bolgariya va Erondan sayyohlar kelgani kuzatildi.

Turkiyaning turizmi, 2024 - yili ham muvaffaqiyat darajasini oshirib, rivojlanishni davom ettirmoqda.

 



Aloqador xabarlar