Xalqaro moliya instituti Global istiqbol bo'yicha hisobotini eʼlon qildi
Hisobotda ta'kidlanishicha, Yaqin Sharqdagi mojarolar va AQSh-Xitoy munosabatlari tufayli geosiyosiy keskinlik yuqoriligicha qolmoqda.
Xalqaro moliya instituti oʻzining Global istiqbol hisobotini eʼlon qildi.
Hisobotda ta'kidlanishicha, Yaqin Sharqdagi mojarolar va AQSh-Xitoy munosabatlari tufayli geosiyosiy keskinlik yuqoriligicha qolmoqda.
Avvalroq, Turkiya iqtisodiyoti 2024-yilda 2,7 foiz o’sishi, global iqtisodiy o’sish esa 2,9 foizga kamayishi bashorat qilingandi.
Hisobotda noyabr oyida AQShda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlari global miqyosda yilning eng muhim siyosiy voqeasi sifatida ajralib turgani taʼkidlanib, AQShdagi saylovlar global iqtisodiy va savdo siyosatiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi taʼkidlandi.
Shuningdek, global iqtisodiy faoliyatning sekinlashishi kutilayotganiga diqqat qaratildi.
Bundan tashqari, AQSh va Xitoy kabi muhim iqtisodiyotlardagi zaif ko'rsatkichlar tufayli global iqtisodiy o'sishning 2023-yildagi 3,1 foizdan 2024 va 2025-yillarda 2,9 foizga qisqarishi kutilayotgani qayd etildi.
Hisobotda Evro mintaqaning iqtisodiy ko'rinishi qiyin bo'lishda davom etayotganiga e'tibor qaratilib, mintaqa iqtisodiyotining iqtisodiy o'sish sur'ati o'tgan yilga o'xshab 0,5 foiz atrofida past bo'lib qolishi kutilmoqda.
Hisobotda qayd etilishicha, 2025 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy istiqbol geosiyosiy barqarorlik va texnologik taraqqiyotga bog‘liq.
Aloqador xabarlar
Turkiya eksportida o‘sish, importida esa kamayish qayd etildi
Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat, joriy yilning sentabr oyidagi tashqi savdo haqida ma’lumot bo‘lishdi.