G-7 davlatlari iqtisodiy bosimlarga qarshi kurashish masalasini qoʻlga oldi
G - 7 tarkibidagi davlatlar Savdo vazirlari Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng qoʻshma bayonot bilan chiqdilar.

G - 7 tarkibidagi davlatlar (Germaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Yaponiya, Kanada va Yevropa ittifoqi) Savdo vazirlari oʻsib borayotgan iqtisodiy bosimlarga qarshi kurashish uchun birgalikda chora ko‘rishni kuchaytirish kerakligi borasida kelishib oldilar.
G - 7 tarkibidagi davlatlar Savdo vazirlari Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng qoʻshma bayonot bilan chiqdilar.
Ushbu bayonotga ko‘ra, vazirlar so‘nggi paytlarda kuchayib borayotgan iqtisodiy bosimlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishni kuchaytirish kerakligi borasida hamfikr ekanliklarini tasdiqladilar.
Savdo – sotiqni o‘rinsiz cheklovchi tartiblarni bekor qilishga chaqirgan vazirlar, noyob elementlarga nisbatan eksport chora – tadbirlaridan xijolatda ekanliklarini bildirdilar.
Vazirlar, mustahkam ta’minot zanjirlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga va bu maqsadda G - 7 ichida va tashqarisida ishonchli hamkorlar bilan ishlashga kelishib oldilar.
Aloqador xabarlar

EDEX 2023 ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi
EDEX 2023 ko‘rgazmasi Misr poytaxti Qohirada oʻz ishini boshladi.