Abu Dabida Turkiya va BAA energiya kelishuvlari masalasi qoʻlga olindi

Alparslan Bayraktar, Abu Dabiga boʻlgan tashrifi chogʻida BAA hukumat vakillari bilan energiya kelishuvlari masalasini qoʻlga oldi.

2045953
Abu Dabida Turkiya va BAA energiya kelishuvlari masalasi qoʻlga olindi

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Abu Dabiga boʻlgan tashrifi chogʻida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumat vakillari bilan energiya kelishuvlari masalasini qoʻlga oldi.

Bayraktar mavzu haqida ijtimoiy tarmoq hisobi orqali ma’lumot boʻlishdi va unda:

“Avval Investitsiyalar vaziri va Abu - Dabi taraqqiyot xoldingi yetakchisi Muhammad Hasan al - Suvaydi, keyin esa Sanoat va ilgʻor texnologiyalar vaziri, Abu - Dabi milliy neft kompaniyasi va Masdar raisi Sulton Ahmad al - Jabar bilan uchrashdik. Mazkur uchrashuvda, oʻtgan iyul oyida ikki davlat oʻrtasida imzolangan energiya shartnomalarini konkretlashtirish uchun amal qilinadigan yoʻl xaritasi ustida gaplashdik”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Eslatib oʻtamiz:

“Iyul oyida Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi munosabatlar «strategik sheriklik» darajasiga koʻtarilib, turli sohalarda 50,7 milliard dollarlik shartnoma imzolangandi.



Aloqador xabarlar