Bu yil Turkiyaga kelgan mehmonlar sonida ortish kuzatildi

Joriy yilning ilk 7 oyida Turkiyaga kelgan mehmonlar sonida ortish kuzatildi.

2029488
Bu yil Turkiyaga kelgan mehmonlar sonida ortish kuzatildi

Turkiya 2023 - yilning 7 oyida 30 million 93 ming 446 nafar mehmonga quchoq ochdi.

Joriy yilning 7 oyida Turkiyaga kelgan mehmonlarning 26 million 766 ming 240 nafari xorijlik, 3 million 327 ming 206 nafari esa xorijda istiqomat qiluvchi fuqarolardan iboratdir.

Yanvar - iyul davrida Turkiyaga kelgan xorijliklar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 16,22 foiz ortdi.

Turkiyaga eng koʻp mehmon yuborgan davlatlar reytingida Rossiya, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 59,22 foiz ortish bilan 3 million 498 ming 614 kishiga yetdi va bu borada birinchi oʻrinni egalladi.

Germaniya 7,32 foiz ortish bilan 3 million 211 ming 724 kishi, Britaniya 14 foiz ortish bilan 2 million 63 ming 740 kishi yubordi va Germaniya ikkinchi, Britaniya esa uchinchi oʻrindan joy oldi. Bu davlatlardan keyin Bolgariya va Eron deb qayd etildi.

Turkiya bu davrda 30 million 93 ming 446 nafar mehmonga quchoq ochish orqali, 2019 - yili 26 million 524 ming kishidan oshib, yangi rekordga erishdi.

 



Aloqador xabarlar