Antaliya aeroporti 215 mingga yaqin yo'lovchiga xizmat ko'rsatdi
Qayd etilishicha, shu kunlarda Antaliyada kuniga eng ko'p yo'lovchi soniga erishilmoqda.
Antaliya aeroportida yo'lovchi tashish bo'yicha rekord yangilandi.
Turizm faolligi davom etayotgan Antaliyada havo qatnovida ham zichlik kuzatilmoqda.
Antaliya gubernatori Ersin Yaziji ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida shanba kuni aeroportdagi samolyotlar va yo'lovchilar soni haqida o'rtoqlashdi.
Bu hafta aeroportda ikkita rekord o'rnatilganligini ifoda etgan Yaziji, Antaliyaga ichki yo'nalishda 127 va xalqaro yo'nalishda 1063 ta samolyot qo'ndi.
Qayd etilishicha, shu kunlarda Antaliyada kuniga eng ko'p yo'lovchi soniga erishilmoqda. Antaliya aeroporti 214 ming 919 yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan bo'lib, ichki yo'nalishda 20 ming 795, xalqaro yo'nalishda esa 194 ming 124 yo'lovchiga xizmat ko'rsatgani qayd etildi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaning olma va olma sharbati eksportida oʻsish kuzatildi
Turkiya bir yilda 5 million tonna olma ishlab chiqarishi orqali dunyoda birinchi oʻrinda.