Turkiyadan 40 davlatga losos balig'i eksport qilindi

Baliq eksporti 2022 yilning birinchi yarmida 16 ming 774 tonna bo'lsa, joriy yilning shu davrida 35 foiz ortib 22 ming 623 tonnaga yetdi.

2008449
Turkiyadan 40 davlatga losos balig'i eksport qilindi

 

Turkiyada joriy yilning birinchi yarmida losos balig'i eksportini oshirdi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi (DKİB) ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylari uchun losos balig'i eksporti 123 million 722 ming 151 dollar sifatida qayd etilgandi.

Joriy yilning shu davrida eksport 32 foiz ortib, 163 million 33 ming 492 dollarga yetdi.

Baliq eksporti 2022 yilning birinchi yarmida 16 ming 774 tonna bo'lsa, joriy yilning shu davrida 35 foiz ortib 22 ming 623 tonnaga yetdi.

Yanvar-iyun davrida Turkiyadan 40 davlatga turk losos balig'i sotildi.

Rossiya Federatsiyasi 94 million 394 ming 585 dollar bilan birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, 28 million 927 ming 945 dollar bilan Germaniya, 12 million 345 ming 854 dollar bilan Belarus keyingi o'rinni egalladi.

O‘tgan yilning shu davridan farqli ravishda bu davrda Malayziya, Ukraina, Dubay, Bolgariya, Qatar, Fransiya, Ozarbayjon, Ispaniya, Isroil va Quvaytga turk losos balig'i eksport qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar