Fatih Do‘nmez energiya sohasidagi oxirgi vaziyatlarni baholadi
Fatih Do‘nmez, Qora dengiz gazi aprel oyi oxirida quruqlikda yoqilishini bildirdi.
Energiya va tabiiy manbalar vaziri Fatih Do‘nmez, Qora dengiz gazi aprel oyi oxirida quruqlikda yoqilishini bildirdi.
Do‘nmez, TRT Haber telekanalida energiya sohasidagi oxirgi vaziyatlarni baholadi.
6-fevral kuni sodir bo‘lgan va mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan keyin energiya tarmog‘idagi kun tartibining o‘zgargani ammo ishlar to‘xtamaganini ifoda etgan Do‘nmez, Qora dengiz gazi faoliyatida ish olib borayotgan kamida 1200, eng ko‘p 1300 kishining ham tabiiy ofat jarayonidan ziyon ko‘rganini bildirdi.
Do‘nmez, yer silkinishi tufayli nomi tilga olingan xodimlarga ruxsat berilgani va kran-ekskvatorlarni ham qidiruv-qutqaruv ishlariga yordam berish uchun tabiiy ofat yuz bergan hududlarga yuborganliklarini o‘z so‘ziga ilova etgan Do‘nmez:
“Shu sababli biroz kechikishlar bo‘ldi. Xodimlarimiz asta-sekin ishga qaytishni boshladilar./.../ Xudo xohlasa bergan va’dalarimizni bajarib, aprel oyi oxirida bu gazni quruqlikda foydalanamiz”.-dedi.
Aloqador xabarlar
Turkiya eksportida o‘sish, importida esa kamayish qayd etildi
Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat, joriy yilning sentabr oyidagi tashqi savdo haqida ma’lumot bo‘lishdi.