Turkiya iqtisodiyoti 2022-yilda 5,6 foiz o‘sdi

Turkiya Statistika qo‘mitasi 2022 yil uchun ishlab chiqarish usuli bilan hisoblangan Yalpi ichki mahsulot natijalarini e’lon qildi.

1953484
Turkiya iqtisodiyoti 2022-yilda 5,6 foiz o‘sdi

Turkiya iqtisodiyoti 2022-yilda 5,6 foiz, o‘tgan yilning oxirgi choragida esa 3,5 foiz o‘sdi.

Turkiya Statistika qo‘mitasi 2022 yil uchun ishlab chiqarish usuli bilan hisoblangan Yalpi ichki mahsulot natijalarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra, Turkiya iqtisodiyoti o‘tgan yili 5,6 foiz, 2022-yilning oxirgi choragida esa 3,5 foiz o‘sdi.

Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra joriy narxlarda YaIM 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 107 foizga o‘sib, 15 trillion 6 milliard 574 million lirani tashkil etdi.

Shunday qilib Turkiya iqtisodiyoti 10 chorakdan beri ketma-ket o‘sdi.



Aloqador xabarlar