Rossiyadan yo‘lga chiqqan va bug‘doy ortilgan kemalar Pokistonga yetib bordi

Un narxlari Pokistondagi inflyatsiya va yomonlashgan iqtisodiy sharoitlar tufayli ortgan edi.

1930753
Rossiyadan yo‘lga chiqqan va bug‘doy ortilgan kemalar Pokistonga yetib bordi

Rossiyadan yo‘lga chiqqan va 300 ming tonna bug‘doy ortilgan 2 ta yuk tashuvchi kema Pokistonga yetib bordi.

Milliy matbuotda o‘rin olgan xabarlarga ko‘ra, Rossiyadan Pokistonga 300 ming tonna bug‘doy bilan yo‘lga chiqqan yuk tashuvchi 2 ta kema Karachi portiga yetib borgan.

Rasmiylar, Rossiyadan Gvadar portiga 30 – martgacha yana 400 ming tonna bugʻdoy olib borilishini qayd etdi.  

Rossiyadan olingan bug‘doyning Pokistondagi un muammosini yengillashtirishi kutilmoqda.

Un narxlari, inflyatsiya va yomonlashgan iqtisodiy sharoitlar tufayli butun mamlakatda ortgan edi.  

Sind viloyatida 8 – yanvar kuni davlat tomonidan arzon narxlarda sotilgan unni sotib olmoqchi bo‘lgan sel qurbonlari tomonidan yuzaga kelgan tiqilinchda bir kishi halok bo‘lar ekan, ko‘pchilik tan jarohati olgandi.



Aloqador xabarlar