Turk avtomobil sanoati eksporti 2022 yilda 12,9 foiz oshdi

Turk avtomobil sanoati o’tgan yili Yevropa Ittifoqi davlatlariga 20 milliard 54 million 839 ming dollarlik eksport amalga oshirdi.

1928999
Turk avtomobil sanoati eksporti 2022 yilda 12,9 foiz oshdi

 

Turk avtomobil sanoati o’tgan yili Yevropa Ittifoqi davlatlariga 20 milliard 54 million 839 ming dollarlik eksport amalga oshirdi.

Turkiya o'tgan yili eksportini 2021 yilga nisbatan 12,9 foizga oshirib, 254 milliard 210 million dollar bilan respublika tarixidagi rekordni yangiladi.

Bu davrda avtomobil sanoati eksporti 5,7 foiz oshib, 30 milliard 995 million 808 ming dollarga yetdi.

Turkiya eksportida ikkinchi o'rinni egallagan avtomobil sanoati, o'z tarixidagi ikkinchi eng yuqori eksport ko'rsatkichiga erishdi.

Avtomobil sanoati o'tgan yili 200ga yaqin mamlakatga, avtonom va erkin zonalarga eksport amalga oshirdi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari 2022 yilda Turkiyaning avtomobil eksportida 64,7 foiz ulush bilan birinchi o'rinni egalladi. Bu mamlakatlarga eksport o'tgan yili 2021 yilga nisbatan 6 foiz ortib, 20 milliard 54 million 839 ming dollarni tashkil etgandi. 2021-yilda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 18 milliard 961 million 589 ming dollarlik eksport qayd etilgandi.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari avtomobil eksportida eng muhim bozor sifatidagi mavqeini saqlab qoldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar