Istanbuldagi aeroportlar 8 oyda 60 million kishiga xizmat berdi

Yo‘lovchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga oshdi.

1878145
Istanbuldagi aeroportlar 8 oyda 60 million kishiga xizmat berdi

 

Istanbul aeroportlari xizmatidan foydalangan yo'lovchilar soni 8 oyda 60 milliondan oshdi.

O‘tgan yilgi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasining salbiy ta’sirini yenggan Turkiya fuqaro aviatsiyasi havo harakati va yo‘lovchilar zichligi jihatidan o‘sish ko'rsatgichini boshladi.

Yanvar oyida boshlangan o'sish 8 oy davomida uzluksiz davom etdi.

Joriy yilning 8 oyida Istanbul aeroportlaridan jami 60 million 855 ming 818 kishi, ichki yo'nalishlarda 20 million 697 ming 440 va xalqaro yo'nalishlarda 40 million 158 ming 378 kishi sayohat qildi.

Yo‘lovchilar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga oshdi.

Joriy yilning dastlabki 8 oyida yo'lovchilar sonining ortishi bilan bir qatorda Istanbul aeroportlarida ham parvozlar sonining ortishi davom etdi.

Yanvar-avgust oylarida parvozlar soni o'tgan yilga nisbatan 40 foiz ortib, 423 ming 238 tani tashkil etdi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul

Aloqador xabarlar