Turkiya avgustda Rossiyaga 738 mln 527 ming dollarlik mahsulot eksport qildi

Turkiyaning Rossiyaga eksporti bu davrda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 87,2 foiz ortdi. Rossiyaning Turkiya eksportidagi ulushi 3,5 foizni tashkil etdi.

1877463
Turkiya avgustda Rossiyaga 738 mln 527 ming dollarlik mahsulot eksport qildi

 

Turkiya avgust oyida Rossiyaga 738 million 527 ming dollarlik eksport bilan tarixdagi eng yuqori oylik ko'rsatkichga erishdi.

Rossiya-Ukraina urushi tufayli global ta’minot zanjiridagi uzilishlar va mamlakatlarning Rossiya bilan savdo aloqalarining salbiy ta’siriga qaramasdan Turkiya muvozanat strategiyasi va samarali tashqi siyosati natijasida Rossiya bilan savdoni samarali davom ettirmoqda.

Turkiya Eksportchilar Assambleyasi (TIM) ma'lumotlariga ko'ra, Turkiyaning Rossiyaga eksporti avgust oyida 738 million 527 ming dollar bilan barcha davrlarning eng yuqori oylik ko'rsatkichiga erishdi.

Turkiyaning Rossiyaga eksporti bu davrda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 87,2 foiz ortdi. Rossiyaning Turkiya eksportidagi ulushi 3,5 foizni tashkil etdi.

Shunday qilib, Rossiya avgust oyida Turkiyadan mahsulot eksport qilingan davlatlar ro'yxatida oltinchi o'rinni egalladi.

Eng ko‘p eksport amalga oshirilgan besh mamlakat 1 milliard 504 million dollar bilan Germaniya, 1 milliard 308 million dollar bilan AQSh, 1 milliard 40 million dollar bilan Buyuk Britaniya, 934 million 807 ming dollar bilan Iroq, 819 million 286 ming dollar bilan Italiya bo‘ldi. 

Turkiya Rossiyaga asosan kimyoviy moddalar va mahsulotlar sektorida katta miqdorda eksportni amalga oshirdi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar