TOGG elektromobili 2023 yil mart oyida sotuvga chiqariladi

Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank Turkiyaning birinchi milliy elektromobili TOGG mart oyida yo'lda bo'lishini aytdi.

1874101
TOGG elektromobili 2023 yil mart oyida sotuvga chiqariladi

 

Turkiya Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank Turkiyaning birinchi milliy elektromobili TOGG mart oyida yo'lda bo'lishini aytdi.

Vazir Varank bu haqda Istanbulda radioeshittirishga tashrifi chog'ida ma'lum qildi.

U Turkiyaning birinchi elektromobili TOGG haqida batafsil ma'lumot berdi.

Varank Bursaning Gemlik tumanida qurilishi davom etayotgan zavodning joriy yil 29 oktyabr kuni ochilishini e'lon qildi.

Uning ta'kidlashicha, Turkiyaning birinchi milliy elektromobili TOGG 2023 yil mart oyida sotuvga chiqariladi. 

C sinfiga kiruvchi SUV tipidagi avtomobil bir xil sinfdagi avtomobillar bilan raqobatlashadi. Yaqinda unga narx belgilanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #TOGG

Aloqador xabarlar