AQSh Markaziy banki (Fed) foiz nisbatini ko’tardi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Markaziy banki (Fed) siyosat stavkasini 75 bazaviy punktga oshirib, 2,25-2,50 foiz oralig'iga ko'tardi.

1860403
AQSh Markaziy banki (Fed) foiz nisbatini  ko’tardi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Markaziy banki (Fed) siyosat stavkasini 75 bazaviy punktga oshirib, 2,25-2,50 foiz oralig'iga ko'tardi.

Fed tomonidan qilingan bayonotda, foiz stavkasini oshirish qarorining bir ovozdan qabul qilinganligi bildirildi. Bayonotida

"Inflyatsiya yuqoriligicha qolmoqda, bu yangi koronavirus epidemiyasi, oziq-ovqat va energiya narxlarining oshishi va narxlarning kengroq bosimi bilan bog'liq talab va taklif nomutanosibligini aks ettiradi." Degan ifoda o’rin oldi.

Rossiya tomonidan 24-fevral kuni Ukrainada boshlangan urush gumanitar va iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab bo'lganligi haqida takrorlangan bayonotda, urush va u bilan bog'liq o'zgarishlar inflyatsiyaga qo'shimcha yuksalish bosimi yaratganligi va global iqtisodiy faoliyatga bosim o'tkazgani qayd etildi.

  AQSh Markaziy banki (Fed) foiz nisbatini  ko’tardi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #ko'tardi , #Foiz saviyasi , #Fed , #Markaziy banki , #AQSh

Aloqador xabarlar